AMUDARYoDA 221 TONNA “KUMUŞ TOLA” XIRMONI BUNYoD ETILDI
Tumanimizda joriy dehqonçilik yilining ilk hosil xirmoni bunyod etildi. Amudaryolik pillakorlar 221 tonnalik yuqori sifatli xom aşyo yetiştirib, zimmalaridagi şartnomaviy rejalarini ortiği bilan bajaradilar.
Pillaçilik – sermaşaqqat soha. Bu sohada muvaffaqiyatga erişib, möl hosil olişning özi bölmaydi. Şu sababli amudaryolik pillakorlar joriy yilgi ipak qurti boqiş mavsumiga ham puxta hozirlik kördilar.
Avvalo, ipak qurti uruğini jonlantiriş uçun 16 ta inkubatoriy zarur jihozlar bilan taʼminlanib, har bir inkubatoriyga tajribali va öz kasbining bilimdonlari bölgan mutaxassislar işga jalb etildi. 3960 quti ipak qurti uruği agrotexnika qoidalariga rioya qilgan holda jonlantirilib, 1607 nafar kasançilarga 1703 quti, fermer xöjaliklariga 2257 quti ipak qurti uruği şartnoma asosida tarqatib berildi va ipak qurtini parvarişlaş, oziqlantiriş jarayonlari malakali mutaxassislar tomonidan qatʼiy nazorat qilib borildi.
Bundan taşqari, mavsum davomida tut bargi taqçilligining oldini oliş maqsadida kasanaçilar va fermer xöjaliklari qaramoğidagi mavjud tutzorlarda mart oyi boşidanoq zarur agrotexnik tadbirlar amalga oşirilib, “Jayxun silk” masʼuliyati çeklangan jamiyati korxonasi tomonidan yangi tutzorlar barpo etildi va bu yangi tutzorlarga 334,8 ming tup serhosil tut köçatlari ötqazildi.
Ipak qurti uruğini tarqatiş jarayonida kasanaçi-pillakorlarga har bir quti ipak qurti uruği uçun oldindan 250 ming sömdan bönak pullari berildi. Şu bilan birga mavsum işlarini sifatli va uyuşqoqlik bilan ötkaziş maqsadida malakali mutaxassislar qurtxonalarda tez-tez bölişib, jarayonni töliq nazorat qilib borişlari uçun şaroitlar yaratildi. Natijada tumanimizdagi barça qurtxonalarda möl va sifatli pilla hosili yetiştirildi. Pillakorlarimiz joriy yilning 29-may sanasida özlari yetiştirgan yilimizning birinçi hosili – pilla topşirişni boşlab yubordilar.
Şuni alohida qayd etiş joizki, “Manğit Pilla” masʼuliyati çeklangan jamiyatiga qaraşli Manğit va Xitoy pilla qabul qiliş maskanlari mavsumga öz vaqtida taxt qilib qöyilgani tufayli pillani qabul qiliş jarayoni uzluksiz olib borilişiga erişildi. Buning uçun Manğit pilla qabul qiliş maskaniga 50 nafar, Xitoy pillaxonasiga 20 nafar mavsumiy işçilar işga qabul qilinib, ularning mehnati bilan qabul qilib olingan pilla hosili peşma-peş quritilib, öz vaqtida ğumbagidan sifatli ajratib olinişiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Mazkur pilla qabul qiliş maskanlarida yaratilgan şart-şaroitlardan pillakorlar ham mamnun.
Pillaçilikni yetti xazinaning biri, deyişadi. Şu bilan birga öta nozik va eʼtibortalab soha. Yetiştirilgan hosilning sifati esa pillakorning fidoyi mehnatiga boğliq. Fidoyilik bilan qilingan mehnat esa har tomonlama eʼtirof etilib, rağbatlantirib borilgani bois, pillakorlarning joriy yilgi mavsum yakunidan kayfiyatlari baland. Çunki rejadan taşqari yetiştirilgan har bir kilogramm pilla uçun pillani qabul qiliş maskanining özidayoq 25 ming sömdan iş haqi berilgani, rejadagi pilla hosilining har bir kilogrammi uçun 22 ming 440 sömdan hisob-kitob qilinişi pillakorlar mehnatiga munosib rağbat böldi.
Öz kasbining bilimdonlari bölgan soha mutaxassislari va mohir pillakorlar mehnati tufayli şartnomaviy rejadagi 221 tonna örniga 223,7 tonna yuqori sifatli pilla hosili yiğiliştirib olinib, bu boradagi reja 101,2 foizga ortiği bilan ado etildi. Yetiştirilgan hosilning 163,9 tonnasi Manğit, 59,8 tonnasi Xitoy pilla qabul qiliş maskanlari tomonidan qabul qilinib, ayni paytda pillani sifatli quritiş, saralaş va öz vaqtida ğumbagidan ajratiş kabi mavsum işlari uyuşqoqlik bilan olib borilmoqda.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶