“QATORIDAN KAM BOʻLMASIN”, DEYIShDI-Yu HUQUQBUZARLIKKA YOʻL OChIShDI
Koʻpincha ota-onalar farzandlariga eng soʻnggi rusumdagi uyali aloqa vositalarini olib berib, zamonaviy rusumdagi qoʻl telefoniga ega boʻlgan bola nimalar bilan shugʻullanayotgani xususida qiziqmaydi.
Tumandagi mahallalardan birida yashovchi O.Botirov (ism-sharifi oʻzgartirildi) ham yangi rusumdagi qoʻl telefoniga “yetishganidan” xursand boʻlib, telefon xotirasidagi turli mazmundagi audio va video maʼruzalar bilan tanisha boshladi.
Vaholanki, O.Botirovning telefoni xotirasidagi audio va video fayllar mamlakatimiz qonunlariga zid diniy-ekstremistik mazmundagi maʼruzalar va suhbatlar boʻlib, bu kabi mahsulotlarni mamlakatimizga olib kirish, tarqatish va tayyorlash taʼqiqlanadi. Oʻzining diniy bilimsizligi, huquqiy savodsizligi oqibatida O.Botirov qarshisiga toʻplangan maʼmuriy ish yaqinda jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi majlisida atroflicha muhokama etildi va O.Botirov Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalariga koʻra, maʼmuriy javobgarlikka tortildi, BHMning ikki baravari miqdorida, 446 ming soʻm jarima jazosiga hukm etildi. Mazkur ishdagi daliliy ashyo – O.Botirovga tegishli boʻlgan “Redmi7A” rusumli qoʻl telefoni davlat foydasiga musodara etildi.
Koʻrib turganingizdek, O.Botirovning ham diniy, ham huquqiy savodsizligi, oila aʼzolarining eʼtiborsizligi tufayli ushbu huquqbuzarlik sodir etildi. Agar O.Botirov qoʻl telefoni xotirasini avval tekshirib koʻrib, keyin uni xarid qilganida, telefonni oʻz nomiga hujjatlashtirmasdan avval uni IIBga olib kelib, telefonni sotgan odam haqida maʼlumot berganida yuqoridagi kabi huquqbuzarlik sodir boʻlmagan boʻlar edi.
S.DAVLETMURODOV, Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶