18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 09:24
Jamiyat 👁 823

Yoʻlda huquqbuzarlikka guvoh boʻldingizmi? Videoregistrator orqali qayd qilib, IIVga yuboring va mukofot puli oling!

Yoʻlda huquqbuzarlikka guvoh boʻldingizmi? Videoregistrator orqali qayd qilib, IIVga yuboring va mukofot puli oling!

Koʻchalarda transport vositalarining koʻpligi, baʼzan yoʻlovchilarning, baʼzan transport vositalari boshqaruvchilarning salgina beparvoligi, baʼzan esa texnik nosoz transport vositalari bilan harakatlanish yoʻl transport hodisalari sodir boʻlishi kabi koʻngilsiz holatlarga olib keladi.

Ha, yoʻllarda jamiki transport vositalari boshqaruvchilarining, yoʻlovchilarning harakati bir-biriga bogʻliqki, bu jarayondagi xatoliklar, yaʼni, yoʻllarda harakatlanish qoidalariga amal qilmaslik oqibatida necha-necha begunoh odamlar hayotdan bevaqt koʻz yumayapti, olgan jarohatlari tufayli nogiron boʻlib qolayapti.

Jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda har yili millionlab kishi yoʻl-transport hodisasi tufayli vafot etarkan, 20 milliondan ziyod kishi jarohat oladi. Bular asosan aholining faol qismi, yaʼni 20-35 yoshlar atrofidagilardir.

Shuningdek, bizning yurtimizda ham bu borada ahvol maqtangulik emas. Toʻgʻri, yoʻl transport hodisalari 2016-yilga nisbatan 2017-yilda ancha kamaygan. Joriy yilda esa yoʻllarda harakatlanish qoidalarini buzganlarga keskin choralar koʻrilayotgani, jazo choralari kuchaytirilgani va yoʻllar maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali nazorat etilib, huquqbuzarlarga chora koʻrilayotgani oʻzining samaralarini berayapti. Biroq bu bilan yoʻllarda harakatlanish qoidalariga hamma ham amal qilayapti, deya olmaymiz. Afsuski, koʻngillarni larzaga soladigan, begunoh kishilarning umriga zomin boʻlayotgan avtohalokatlar hamon sodir boʻlib turibdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentyabrda qabul qilgan “Yoʻl harakati sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining turmushimizga tatbiq etilishi bu boradagi huquqbuzarliklarga qarshi keskin kurashish imkonini beradi.

Qarorga muvofiq 2019-yil 1-iyuldan boshlab, har bir jamoat transporti va yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar uchun avtotransport vositalariga videoregistratorlar oʻrnatish boʻyicha majburiy tartib joriy etiladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga oʻrnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlar aks etgan videoyozuvlar esa maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan videoyozuvlarga tenglashtiriladi va IIVga taqdim etilsa, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.

Shunisi eʼtiborliki, mazkur qarorga muvofiq qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransportiga oʻrnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan videoyozuvlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan, yoʻl harakati qoidalari buzilishi aks etgan videoyozuvlarni taqdim etgan shaxslar huquqbuzarlardan undirilgan jarima hisobidan eng kam oylik ish haqining besh foizi miqdorida pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi va videoyozuvlarni taqdim etgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oshkor etilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori yoʻllarda yoʻl harakati qoidalari buzilishi va uning oqibatida sodir boʻlayotgan koʻngilsiz hodisalarning kamayishiga xizmat qiladi, albatta.

Dilshod AMINOV, tuman IIB yoʻl harakati

xavfsizligi boʻlimi boshligʻi, leytenant.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026