Adliya boʻlimi koʻmagida bolaga tugʻilganlik guvohnomasi rasmiylashtirildi
Baʼzan tegishli hujjatlar boʻlmaganligi sababli bolaga tugʻilganlik guvohnomasi oʻz vaqtida olinmaydi. Oqibatda uning huquqiy maqomi va kelajakdagi imkoniyatlariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Fuqaro Kamolova Sanobar Oybek qizi ham farzandining tugʻilganligi haqida tibbiy maʼlumotnomaga, shuningdek, oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlmaganligi sababli 2016-yil 11-avgust kuni tugʻilgan Kamolov Alibek Azamat oʻgʻliga guvohnoma ololmay kelayotgan edi.
Mazkur masala boʻyicha Amudaryo tumani Adliya boʻlimi va Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi hamkorligida zarur huquqiy choralar koʻrildi. Natijada Xorazm viloyati Urganch tumanida tugʻilgan Kamolov Alibek Azamat oʻgʻli uchun 2025-yil 14-fevral kuni Amudaryo tumani FHDYo boʻlimi tomonidan tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma rasmiylashtirildi.
Bu jarayon Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktyabrdagi 550-son qarori 3-ilovasi 19-bandiga muvofiq amalga oshirildi. Mazkur hujjatda “16 yoshdan oshgan, tibbiy muassasadan tashqarida va tibbiy yordamsiz tugʻilgan bolaga nisbatan tibbiyot muassasasi tomonidan tugʻilganlik haqidagi maʼlumotnoma rasmiylashtirilmagan shaxslarning tugʻilganligini qayd etish audning hal qiluv qarori asosida amalga oshiriladi” deb belgilangan.
Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida Alibekning huquqlari tiklanib, unga qonuniy hujjat taqdim etildi.
M. Eshmurodova, Amudaryo tumani FHDYo boʻlimi mudirasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶