Sayyor sud majlisida maʼmuriy huquqbuzarlikka oid 20 ta iş körib çiqildi
18-iyun kuni jinoyat işlari böyiça Amudaryo tumani sudi tomonidan Gulzor mahalla fuqarolar yiğini binosining majlislar zalida oçiq va sayyor sud majlisi ötkazildi.
Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tumani sudining tergov sudyasi Donaxon Yusupova hamda sudya yordamçisi Elyor Jumaniyozov iştirokida ötkazilgan mazkur sayyor va oçiq sud majlisida tuman IIB tomonidan taqdim etilgan maʼmuriy huquqbuzarlikka oid jami 20 ta iş körib çiqildi.
Tadbir avvalida tergov sudyasi Donaxon Yusupova iştirokçilarga Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Korruptsiyaga qarşi murosasiz munosabatda böliş muhitini yaratiş, davlat va jamiyat boşqaruvida korruptsiyaviy omillarni keskin kamaytiriş va bunda jamoatçilik iştirokini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmonining mazmun-mohiyati yuzasidan atrofliça tuşuntirişlar berdi.
Sudya taʼkidlaganidek, mamlakatimizda korruptsiyaning oldini oliş va unga qarşi murosasiz kuraşişning ilğor xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etiş böyiça izçil va samarali çoralar körilmoqda. Jumladan, davlat organlari va taşkilotlar faoliyatida oçiqlik va oşkoralik, mansabdor şaxslarning aholi oldida hisobdorligi taʼminlanmoqda. Bu esa davlat boşqaruvida samarali va taʼsirçan jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş uçun huquqiy va institutsional şaroitlar yaratilişiga xizmat qilmoqda.
Darhaqiqat, korruptsiya nafaqat davlat, balki butun jamiyat taraqqiyoti uçun jiddiy tösiq hisoblanadi. Şu sababli har bir fuqaroning uşbu illatga nisbatan murosasiz munosabatda bölişi jamiyatda adolat, şaffoflik va tenglik tamoyillarini qaror toptirişda muhim ahamiyatga ega.
Tadbirda “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari haqida ham atrofliça maʼlumot berildi. Qonun asosida korruptsiyaga qarşi kuraşişdagi huquqiy munosabatlarni tartibga soliş, davlat organlari, taşkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar samaradorligini oşiriş, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltiriş muhim ahamiyat kasb etişi alohida qayd etildi.
Sayyor sud majlisi davomida Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik — yaʼni mayda bezorilik sodir etgan 9 nafar şaxsga nisbatan töplangan iş materiallari körib çiqildi. Sud tomonidan ularning 5 nafariga maʼmuriy qamoq, 4 nafariga esa jarima jazosi qöllanildi.
Şuningdek, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 592-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik — oilaviy zöravonlik, hamda 41-moddasida nazarda tutilgan haqorat qiliş, şuningdek, 52-moddasi 2-qismida körsatilgan yengil tan jarohati yetkaziş holati böyiça huquqbuzarlik sodir etgan şaxslarga nisbatan ham qonuniy asosda jazolar tayinlandi.
Sud muhokamalari davomida taraflarning fikrlari eşitilib, dalil va hujjatlar tahlil qilindi. Har bir iş yuzasidan xolis va adolatli qarorlar qabul qilindi.
Donaxon Yusupova, Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudining tergov sudyasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶