FUQARO TUĞILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMAGA EGA BÖLIŞ UÇUN 17-YIL KUTDI VA...
Nihoyat Amudaryo tumani Adliya bölimi aralaşuvi bilan 17 yoşga tölgan qizga tuğilganlik haqida guvohnoma rasmiylaştirildi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vazirligi Amudaryo tumani adliya bölimiga fuqaro Z. şikoyat bilan murojaat qilib, unda J. ismli qiz farzandiga tuğiliş haqidagi guvohnomasi olişda bir neça yillardan buyon qiynalib kelayotganligini bildirib, uşbu masalada amaliy yordam berişni söragan edi.
Aniqlanişiça, fuqaro Z. 2006-yilda qiz farzandli bölgan. Lekin farzandi 2006-yil uy şaroitida tuğilganligi sababli farzandiga tuğiliş guvohnomasi olaolmagan, Z. 2019-yilda tuman FHDYo bölimiga murojaat etgan, biroq FHDYo bölimi masʼullari farzandining tuğilişini tasdiqlovçi maʼlumotlar bölmaganligi sababli arizani rad qilgan.
Amudaryo tumani Adliya bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual Kodeksining 295–moddasiga asosan Fuqarolik işlari böyiça Amudaryo tumani sudiga uşbu onadan tuğilganlik faktini aniqlaş haqida daʼvo arizasi kiritildi.
Yaqinda Fuqarolik işlari böyiça Amudaryo tumani sudining hal qiluv qarori bilan fuqaro Z.ning qiz farzandi şu onadan tuğilganlik faktini aniqlaş haqidagi arizasi qanoatlantirildi.
Fuqarolik işlari böyiça Amudaryo tumani sudining hal qiluv qarori qonuniy kuçga kirgaç, Amudaryo tumani FHDYo bölimi tomonidan Z.ning qiz farzandiga tuğilganlik töğrisidagi guvohnomasi rasmiylaştirilib berildi va tantanali ravişda topşirildi.
Bunga qadar uşbu quvonçli kunni J.ning ota-onasi ham, uning özi ham intizorlik bilan kutdi. Agar ota-ona öz fuqarolik haq-huquqlarini bilganlarida edi, oradagi vaqt 17-yilga çözilmasdi. Öz vaqtida, yaʼni farzandi tuğilgan 2006-yildayoq bu muammo öz yeçimini topardi. Huquqiy savodsizlik tufayli J. tuğilganligi haqida FHDYo bölimida qayd etilmagan, natijada qizaloq 17-yil tuğilganlik haqidagi guvohnomasiz yaşagan. Bu kabi holatlar yuz bermasligi uçun har bir fuqaro fuqarolik haq-huquqlarini yaxşi bilişi şart va bu hayotiy zaruriyatdir.
N.JUMANIYaZOVA, Amudaryo tumani adliya bölimi Inson huquqlarini himoya qiliş va huquqni qöllaş amaliyotini örganiş bölinmasi boş maslahatçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶