14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 07:51
Jamiyat 👁 162

Maʼmuriy sud ishlarini yuritishda dastlabki himoya choralarining qoʻllanilishi tartibi

Maʼmuriy sud ishlarini yuritishda dastlabki himoya choralarining qoʻllanilishi tartibi

Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksining 92-moddasiga asosan Dastlabki himoya choralarini koʻrish uchun ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga koʻra sud, maʼmuriy ish boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar arizachining yoki manfaatida ariza berilgan shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishining aniq xavfi mavjud boʻlsa yoki arizachining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini bunday choralar koʻrmay turib, himoya qilish mumkin boʻlmasa yoki qiyin boʻlsa dastlabki himoya choralarini koʻrishi mumkin.

Dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi ariza sudga ariza (shikoyat) bilan bir vaqtda yoki ish yuritish jarayonida berilishi mumkin.

Dastlabki himoya toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:

1) ariza berilayotgan sudning nomi;

2) taraflarning nomlari (familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi;

3) talab predmeti;

4) dastlabki himoya chorasini koʻrish zarurligining asoslantirilganligi;

5) arizachi koʻrishni soʻrayotgan dastlabki himoya chorasining turi;

6) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati.

Arizada boshqa maʼlumotlar ham koʻrsatilishi mumkin. Dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi ariza arizachi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan arizaga ishonchnoma yoki uning arizani imzolashga boʻlgan vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinadi. Dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi iltimosnoma arizada (shikoyatda) bayon etilishi mumkin. Agar dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi iltimosnoma arizada (shikoyatda) bayon etilsa, mazkur iltimosnomada ushbu modda ikkinchi qismining 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak.

Ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga koʻra quyidagilar dastlabki himoya choralari boʻlishi mumkin:

1) javobgarga muayyan harakatlarni amalga oshirishni taqiqlash;

2) boshqa shaxslarga nizo predmetiga taalluqli boʻlgan muayyan harakatlarni amalga oshirishni taqiqlash;

3) mol-mulkni realizatsiya qilishni toʻxtatib turish;

4) maʼmuriy organning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining nizolashilayotgan hujjati ijrosini toʻliq yoki qisman toʻxtatib turish.

Sud tomonidan bir vaqtning oʻzida bir nechta dastlabki himoya choralari koʻrilishi mumkin. Dastlabki himoya choralari arz qilingan talabga mos boʻlishi kerak.

Dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi ajrim sud hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda darhol ijro etiladi. Koʻrilgan dastlabki himoya choralarini ijro etish majburiyati sud tomonidan zimmasiga yuklatilgan shaxsga dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi ajrimni ijro etmaganlik uchun ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sud jarimasi solinadi.

J.Aymaganbetova, Nukus tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019