TIBBIYoT BIRLAŞMASIDA «BIZ TAMAKISIZ HUDUDNI TANLAYMIZ» ŞIORI OSTIDA TADBIRLAR ÖTKAZILDI
Prezidentimizning 2020-yil 30-oktyabrdagi Soğlom turmuş tarzini hayotga keng tadbiq etiş va ommaviy sportni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisidagi Farmonida belgilangan vazifalarni ijro etiş maqsadida va Qoraqalpoğiston Soğliqni saqlaş vazirligining tegişli topşiriğiga köra zararli odatlarga qarşi kuraş oyligi taşkil etildi. Oylik doirasidagi «Biz yoşlar zararli odatlarga qarşimiz» haftaligida Tibbiyot birlaşma işçi-xodimlari iştirokida «Biz tamakisiz hududni tanlaymiz» şiori ostida nafas gimnastika maşqlari, ommaviy yuriş tadbirlari, “Biz tamakisiz hududni tanlaymiz” deklaratsiyasini qöllab-quvvatlaş uçun imzolarni töplaş stantsiyasi bölib ötdi.
Manğit Dehqon bozori hududida antrapometrik ölçovlarni ötkaziş, semizlik darajasi va vazn indeksini aniqlaş hamda natijalaridan kelib çiqib, tuşuntiriş işlarinii olib boruvçi salomatlik maydonçasi stantsiyasi hamda 1-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida töğri ovqatlaniş tamoyillariga rioya qiliş tavsiyalarini beriş böyiça soğlom ovqatlaniş yarmarka stantsiyasi taşkil qilindi.

Tibbiyot birlaşmasining sport tarğibotçisi I.Nurimbetov, şifokorlardan M.Ernazarov, T.Saidovalar tadbir iştirokçilariga ertalabki badantarbiya, gimnastika va faol yuriş mehnat qobiliyatini, salomatligini saqlab qolmoqçi bölgan, çinakam va şodon hayot keçirişni xohlagan har bir odamning kundalik turmuşdan mustahkam örin olmoği lozimligi töğrisida tuşunçalar berildi. Şu bilan birga soğlom ovqatlaniş, tarkibida tuz, qand va xamirli taomlarni meʼyoridan ortiqça isteʼmol qilmaslik, zararli odatlarga berilmaslik tamaki, nos kabi illatlardan yiroq böliş, ularning inson organizmiga salbiy taʼsiri, yurak-qon tomir tizimi kasalliklaridan insult, infarkt, qandli diabet, ortiqça vazn kabi omillar paydo bölişi, oğir xastaliklarga olib kelişi batafsil misollar bilan tuşuntirildi.
Tadbirda iştirok etgan 200 nafarga yaqin fuqarolar özlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar va salomatlikni asraş töğrisidagi qiziqarli maʼlumotlarga ega böldilar.
J. Yavkaşev, ASTTQQ va JFO markazi bölimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶