Jayxun ilhomlari
Yangi Özbekiston (Mustaqillikning 30 yilligiga)
Ming yillik tarixsan, ming yillik böston,
Qadim Söğd, Xorazm, Turon, Turkiston.
Yangilanayotgan hur Özbekiston
Teran ildizlardan ungan çinorim,
Qutluğ bölsin öttizinçi bahoring!
Betakror husningga olam mahliyo,
Sen muqaddas zamin, qutluğ qadamjo.
Jamoling, kamoling közga tötiyo,
Madhing kuylab yozaman dil xumorin,
Gözal Vatan, Özbekiston – diyorim!
Boşingga baxt quşi qöngani rostdir,
Bugungi jamoling jannatga xosdir.
Dillar obod, turmuşimiz badastir,
Şu bois aytaman dildagi borin,
Senga Vatan, Özbekiston – diyorim!
Yangi Özbekiston, dillarda doston,
Şeʼr kelar qalamni qölga olgan on.
Ijod ahli seni qilar ehtirom,
Dostonlarda kuylab, azm-u qarorin,
Maʼnaviyat beşigisan diyorim!
Rahbarli xalq omon bölgani rostdir,
Fozil va hur zamon bölgani rostdir.
Öttiz yillik töying nur ustiga nur,
Bağringda baxtliman, yöqdir armonim,
Yangi Özbekiston – yangi davronim!
Tojiboy DÖSONOV, şifokor.
Ayolga
“Ayolga baxt bering, saodat bering”,
Bir zum özi uçun halovat bering.
Köklarga kötaring ayol şaʼnini,
Umriga yetgudek muhabbat bering.
Köngli öksimasin ayol zotining,
Körğoni böling siz, posboni böling.
Bulbulga aylansin çamanzor içra,
Umriga bitilgan dostoni böling.
Turmuş taşvişidan çarçagan çoğda,
Bir toği böling siz, suyançi böling.
Dardining çorasin topolmaganda,
Ertanggi kunining işonçi böling.
Ne yaxşilik qilsak arzir ayolga,
Ayollar, musaffo bir osmon böling.
Biz taʼzim qilamiz, har bir ayolga,
Ayollar hamişa siz omon böling!
Muhayyo ÖRINBOYeVA, 70-sonli maktab öqituvçisi.
Boğlarda
Boğlarda bahorning nafasi,
Mastona ufurib turadi.
Qoldirib qalamim qafasin,
Qoğozda qofiya quradi.
Barçaning kutgani bu kunlar,
Qalamim maşqida naqşlandi.
Jumboqli, yeçilmas tugunlar,
Qalb hissi yozila boşlandi.
Gullardan yasangan boğlarim,
Satrlar ustida qalamim.
Borimni bahorga boğladim,
Şeʼr yozib tarqadi alamim.
Jumaboy HIDOYaTOV, Qizilçoli mahallasi.
Onajon
Ğanimlarim toşlar otar bölsa-da,
Tanam yoqib, ötga tutar bölsa-da.
Vaqtim yetib paymonim ham tölsa-da,
Meni qöllab tursangiz bas, Onajon!
Qança qiyin kunlar ötdi boşimdan,
Muz yuraklar eridi köz yoşimdan.
Köz yoşimni yaşirdim sirdoşimdan,
Meni qöllab tursangiz bas, Onajon!
Ölimimni tilab tursa ağyorim,
Nogoh mendan keçib ketsa ul yorim.
Yiqilsam-u heç qolmasa madorim,
Meni qöllab tursangiz bas, Onajon!
Unutib yuborsam, ğam-alamlarni,
Atrofimga yiğsam döst odamlarni.
Ötkazsam hayotda şirin damlarni,
Meni qöllab tursangiz bas, Onajon!
Erkinboy Yusupov, 13-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶