XALQ DEPUTATLARI AMUDARYo TUMAN KENGAShINING 31-SESSIYaSI TOʻGʻRISIDA AXBOROT
22-aprel kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 31-sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiya majlisida tuman Kengashi deputatlari, sektorlar rahbarlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, tuman sud- huquq sohasi masʼullari, boʻlimlar, tijorat banklar rahbarlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.
Sessiyani tuman hokimi S.Yoʻldoshev ochdi va olib bordi. Sessiya kun tartibiga “Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi tomonidan fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, odil sudlovni amalga oshirishga doir 2021-yilning yanvar, fevral oylaridagi faoliyati toʻgʻrisida”gi,” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasining 2021-yilning 1 choragida tumanni kompleks ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati,murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan axboroti toʻgʻrisida”gi, “Tumanda tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash va ularning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha tumandagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi tomonidan 2021-yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar haqida axboroti toʻgʻrisida”gi, “Tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining 2021-yilning 1 choragida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati haqidagi hisoboti toʻgʻrisida”gi, “Tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti holati boʻyicha tuman adliya boʻlimi boshligʻining axboroti haqida”gi, Amudaryo tumani mahalliy byudjetining 2021-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisida”gi, “Tumanni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, yangi ish oʻrinlarini barpo etish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, mahalliy byudjet daromadlarining qoʻshimcha manbalarini shakllantirish, qoʻshimcha rezervlarni aniqlash, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” tuman hokimining birinchi oʻrinbosari, investitsiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari, moliya boʻlimi mudiri hamda Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻining hisobotlari toʻgʻrisida”gi va boshqa masalalar muhokama etildi.
Kun tartibidagi dastlabki masala yuzasidan Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Qayrulla Atamurodov axborot berdi. Sessiya kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasining 2021-yil 1 choragida tumanni komleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati, murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabovning axboroti tinglandi.
Shuningdek, tumandagi tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ularning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha tumandagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi mudiri Akbarjon Xoʻjamurodovning axboroti, 2021-yilning 1-choragida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisida tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganovning axboroti tinglandi. Axborotda taʼkidlandiki, tumanimizda tinchlikni saqlash, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni taʼminlash, uyushgan jinoyatchilik, korruptsiya, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, huquqbuzarlikning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni oʻz vaqtida fosh qilish, shuningdek, har qanday favqulodda hodisalar sodir etilishining oldini olish borasida joriy yilda tuman IIB, jamoatchilik vakillari va boshqa masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikda bir qator tezkor-profilaktik tadbirlar amalga oshirilgan.
Navbatdagi masala - tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarning norma ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti holati boʻyicha tuman Adliya boʻlimi boshligʻi Moʻʼminjon Matyusupovning axboroti tinglandi. Axborotda taʼkidlanishicha, Amudaryo tuman Adliya boʻlimi ham 2021-yil 1-choragi davomida oʻz funktsional vazifalarini bajarish barobarida muayyan ishlarni amalga oshirdi.
Boʻlimga 2021-yil 1-choragi davomida jami 52 ta ariza va shikoyat kelib tushgan boʻlib, ushbu murojaatlarning 46 tasi ariza, 6 tasi shikoyatni tashkil qiladi. Boʻlimga kelib tushgan murojaatlarning 45 tasi hal qilinib, shundan 24 ta ariza va shikoyatlar qanoatlantirilgan, 21 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan. Boʻlim xodimlari tomonidan 2021-yil 1-choragida bevosita shaxsiy qabulda 46 nafar, sayyor qabullarda 8 nafar fuqarolar qabul qilingan.
Amudaryo tumani mahalliy byudjetining 2021-yil 1-choragidagi ijrosi toʻgʻrisida tuman Moliya boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Bekniyozovning axboroti tinglandi. Maʼruzachi 2021-yil I-chorak davomida tuman mahalliy byudjeti daromadlar rejasi 11 143 626,0 ming soʻmni tashkil qilgani, ushbu rejaning ijrosi 13 756 662,4 ming soʻmga, yaʼni reja 123,4 foizga bajarilganini maʼlum qildi.
Bundan tashqari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetidan olingan maksadli ijtimoiy transfertlar miqdori 28 624 612,0 ming soʻmni tashkil qildi.
2021-yil I-chorak davomida byudjet xarajatlari rejasi kiritilgan oʻzgarishlardan keyin jami 45 587 255,1 ming soʻmni tashkil qildi. 2021-yil I-chorak davomida byudjet mablagʻlari xarajatlari hisobidan jami 42 721 766,12 ming soʻmlik mablagʻlar sarflangani taʼkidlandi.
Shuningdek, tumanda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, yangi ish oʻrinlari barpo etish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, mahalliy byudjet daromadlarining qoʻshimcha manbalarini shakllantirish, qoʻshimcha rezervlarini aniqlash, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Maʼmurjon Temirboyev, Investitsiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari Rashid Salayev, Moliya boʻlimi mudiri Ulugʻbek Bekniyozov, tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi A.Seitovlarning ham axborotlari ham tinglandi.
Sessiya kun tartibida koʻrilgan barcha masalalar deputatlar tomonidan qizgʻin muhokama etildi. Sessiyada koʻrilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Tuman hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶