Yangi Qonun bilan mahallaga YaNGI HUQUQ VA VAKOLATLAR BERILDI
Özbekistonda demokratik huquqiy davlat quriş va fuqarolik jamiyatini şakllantiriş borasida "Kuçli davlatdan – kuçli fuqarolik jamiyati sari” siyosiy quriliş dasturining boş yönalişlaridan biri davlatning bir qator vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati organlariga, jamoat tuzilmalariga va fuqarolarning özini-özi boşqariş organlariga bosqiçma-bosqiç topşirişdan iboratdir.
Bu jarayonda xususiy mulkni rivojlantiriş, aholini iş bilan taʼminlaş, isteʼmol bozorini töldiriş, ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantiriş, odamlarning moddiy farovonligini oşiriş va aholini kuçli ijtimoiy muhofaza qiliş masalalari, birinçi navbatda, mahalliy davlat hokimiyat organlari hamda fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari tomonidan hal etilişi kerak. Şunday ekan, "Kuçli davlatdan – kuçli fuqarolik jamiyati sari” siyosiy quriliş dasturining hayotga keng joriy etilişida fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, fuqarolarning özini-özi boşqariş organi bölmiş mahalla institutining örni muhim ahamiyat kasb etadi.
Maʼlumki, Prezidentimiz tomonidan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada çuqurlaştiriş va fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş Kontseptsiyasida fuqarolarning özini-özi boşqariş organlarining faoliyatini kuçaytiriş, jumladan, mahalla faoliyatining taşkiliy asoslarini yanada takomillaştiriş, uning vazifalari kölamini kengaytiriş, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari bilan özaro yaqin munosabatlarini taʼminlaş zarurligi alohida taʼkidlandi. Uşbu vazifalardan kelib çiqib, 2013-yilning aprel oyida "Fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari töğrisida”gi hamda "Fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatçilari saylovi töğrisida”gi Qonunlari yangi tahrirda qabul qilindi. Unda fuqarolarning özini-özi boşqariş organlariga himoyaga muhtoj bölgan qatlamlarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, fuqarolar bandligiga kömaklaşiş, fuqarolarning özini-özi boşqariş organlariga tegişli hududdagi tadbirkorlik faoliyati subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilişi va kommunal xizmatlar körsatiş sifati ustidan jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş böyiça qöşimça vakolatlar berilgan. Şuningdek, Qonunda fuqarolarning özini-özi boşqariş organlarini xususiy tadbirkorlik, şu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandçilikni rivojlantiriş markaziga aylantiriş maqsadida bir neçta meʼyorlar ham nazarda tutilgan bölib, mazkur yangi meʼyorlar fuqarolarning özini-özi boşqariş organlarining jamiyatdagi roli va ahamiyatini yanada oşiriş, jumladan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantiriş, aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan.
Yuqoridagilardan taşqari, mazkur sohani tartibga solişda Hukumat tomonidan qabul qilingan bir qator meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning ham muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etib ötiş örinlidir. Xususan, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10 iyuldagi 196-sonli qarori bilan Fuqarolarning özini-özi boşqariş organlarini mahalliy davlat hokimiyati organlarida hisobga oliş töğrisida Nizom tasdiqlandi. Uşbu Nizom fuqarolarning özini-özi boşqariş organlarini mahalliy davlat hokimiyati organlarida hisobga olişning qatʼiy tartibini belgilaş bilan birga, unda fuqarolar yiğinini hisobga oliş uçun taqdim etiladigan hujjatlar, ularni körib çiqiş va hisobga oliş tartibi, fuqarolar yiğini töğrisidagi Nizomga kiritilgan özgartiriş va qöşimçalarni hisobga oliş tartibi kabi qoidalar öz ifodasini topgan.
Fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari faoliyatining taşkiliy asoslarini yanada takomillaştiriş, qonun hujjatlarida belgilangan tegişli vakolatlarning amalga oşirilişiga kömaklaşiş, ular faoliyatidagi muammolarni kompleks örganiş va tizimli hal qiliş yuzasidan aniq asoslangan takliflar hamda taʼsirçan mexanizmlar işlab çiqiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30 sentyabrdagi 267-sonli va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 14-dekabrdagi 329-sonli qarorlari bilan "Fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça respublika Kengaşini taşkil etiş töğrisida”gi hamda "Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri hamda tumanlar va şaharlar fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça hududiy kengaşlarining namunaviy Nizomlarini va tarkiblarini tasdiqlaş töğrisida”gi Qarorlari qabul qilindi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-oktyabrdagi 274-sonli qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolar yiğini töğrisidagi namunaviy Nizomda fuqarolar yiğini va uning organlari vakolatlari, fuqarolar yiğinini (fuqarolar vakillarining yiğilişini) çaqiriş tartibi, fuqarolar yiğini kengaşini tuziş tartibi, fuqarolar yiğini raisini (oqsoqolini) va uning maslahatçilarini saylaş, şuningdek fuqarolar yiğini organlarining boşqa mansabdor şaxslarini saylaş, tasdiqlaş va tayinlaş tartibi, fuqarolar yiğini faoliyatining asosiy yönalişlari böyiça komissiyalarni tuziş, qayta taşkil etiş hamda ularning faoliyatini tugatiş tartibi, fuqarolar yiğini taftiş komissiyasini tuziş va uning faoliyatini tugatiş tartibi, fuqarolar yiğini raisining (oqsoqolining) va uning maslahatçilarining vakolatlari, fuqarolar yiğini masʼul kotibining, «Mahalla posboni» jamoatçilik tuzilmasi rahbarining, fuqarolar yiğinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçisining vakolatlari, fuqarolar yiğini faoliyatining iqtisodiy asosi, fuqarolar yiğinini qayta taşkil etiş va uning faoliyatini tugatiş tartibi kabi masalalar öz ifodasini topgan.
Bundan taşqari, "Fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari töğrisida”gi Qonun talablaridan kelib çiqib, fuqarolar yiğini faoliyatining asosiy yönalişlari böyiça quyidagi komissiyalarning Nizomlari tasdiqlandi:
- maʼrifat va maʼnaviyat masalalari böyiça komissiyasi;
- ijtimoiy qöllab-quvvatlaş böyiça komissiyasi;
- xotin-qizlar bilan işlaş böyiça komissiyasi;
- voyaga yetmaganlar, yoşlar va sport masalalari böyiça komissiyasi;
- tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantiriş masalalari böyiça komissiyasi;
- ekologiya va tabiatni muhofaza qiliş, obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş böyiça komissiyasi;
- jamoatçilik nazorati va isteʼmolçilarning huquqlarini himoya qiliş böyiça komissiyasi.
Xulosa örnida aytiş mumkinki, fuqarolik jamiyati institutlarining mavqeini kötariş, jumladan, mahalla instituti işining samaradorligini oşiriş mamlakatimizda nafaqat tinçlik va hamjihatlik, jamiyatimizdagi barqarorlikni saqlaşning, balki aholining farovonligi, turmuş darajasi va sifatini oşirişda ham muhim omil böladi.
Aytmurat Xalturdiyev,
Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Qonunçilikka rioya etilişi ustidan nazorat qiliş boş boşqarmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy bölimi boş maslahatçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶