ZAMONAVIY AKT DAVLAT FUQAROLIK XIZMATINI RIVOJLANTIRIShDA MUHIM OMIL BOʻLMOQDA
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (vacancy. argos.uz) ishga tushirildi.
2020-yilda ishga tushirilgan mazkur portal davlat organlari va tashkilotlaridagi vakant lavozimlari uchun nomzodlar ochiq, mustaqil tanlashni tashkil etish boʻyicha elektron tizim boʻlib, internet tarmogʻida “bir darcha” tamoyili asosida faoliyat koʻrsatadi.
Yagona ochiq portali axborot texnologiyalarini qoʻllagan holda, internet tarmogʻida barcha fuqarolar foydalanishi uchun ochiq va shaffof tarzda ishlab chiqilgan. Fuqarolar mazkur portal orqali oʻzlari istagan vakant lavozimlar uchun ariza topshirishlari hamda tegishli tanlovlarda ishtirok etish, davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinishlari mumkin.
Bugungi kunda nomzodlarni davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilishda oʻtkaziladigan bilim sinovi jarayonlariga ham axborot texnologiyalari joriy etilgan. Xususan, bu borada Davlat xizmatining yagona elektron axborot-tahlil tizimida Davlat xizmatchilarini sinovdan oʻtkazish moduli (test.argos.uz) ishlab chiqilgan. Davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinuvchilar ushbu tizim orqali sinovdan oʻtkazilib, ularning iqtisodiy, siyosiy, maʼnaviy va axborot texnologiyalari sohasidagi bilimlari maxsus testlar asosida baholanadi. Bu jarayon inson omili aralashuvisiz, shaffof tarzda amalga oshiriladi. Sinovlarda 55 foizdan yuqori natijaga erishgan nomzodlar tanlovning keyingi bosqichiga, suhbat jarayonlariga taklif etiladi. Talabgor fuqarolar shu tarzda davlat organlari va tashkilotlaridagi vakant lavozimlarni egallaydilar.
Xulosa qilib aytganda, sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarining keng joriy etilishi davlat fuqarolik xizmatiga munosib, bilimli va tajiribali kadrlarni tanlashga zamin yaratmoqda.
N.ALLAMBERGENOV, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish
agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali yetakchi inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶