“ZÖRAVONLIKSIZ OILA – SOĞLOM OILA” MAVZUSIDA KÖRGAZMALI ÖQUV-SEMINAR ÖTKAZILDI
Inson huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini taʼminlaşga ustuvor ahamiyat qaratilayotgani natijasida oilaga, ayol zotiga bölgan munosabat özgarib, ularga hurmat-ehtirom körsatiş hayotimizning maʼno-mazmuniga, asosiy maqsadiga aylandi.
Ayol gözal bölsa – olam gözal, ayol baxtli bölsa – oila, butun jamiyat baxtli böladi. Bugun Özbekistonda yaşayotgan har bir ayol, çin maʼnoda baxtli. Zero, uning huquq va erkinliklari qonunlar bilan mustahkamlangan.
Özbekiston tarixida ilk bor 2019-yilning 2-sentyabrida “Xotin-qizlar va erkaklar uçun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari töğrisida”gi va “Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş töğrisida”gi Qonunlar qabul qilindi. Uşbu qonun xujjatlari xotin-qizlarni turmuşda, iş joylarida, taʼlim muassasalarida va boşqa joylarda tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş sohasidagi munosabatlarni ham tartibga soladi. Tazyiq va zöravonlikni boşidan ötkazgan şaxslarni himoya qiliş, jamiyatda ayollarga nisbatan tazyiq va zöravonlikning har qanday şakliga murosasiz muhitni qaror toptirişni kafolatlaydi.
Özbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlaş masalalari böyiça komissiyasining 5-sonli bayonida har bir viloyatda tanlov asosida bitta tuman markazi faoliyatini namunali yölga qöyib, ular negizida hududlardagi markazlar xodimlari uçunkörgazmali öquv-seminari ötkaziş belgilangan edi. Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça zörlik işlatişdan jabr körgan şaxslarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş, öz joniga qasd qilişning oldini oliş markazi Amudaryo tuman bölinmasi namunali deb topildi va 2021-yil 20-fevral kuni “Zöravonliksiz oila – soğlom oila” mavzusida körgazmali öquv-seminar bölib ötdi.

Seminarga Qoraqalpoğiston Respublikasi zörlik işlatişdan jabr körgan şaxslarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş, öz joniga qasd qilişning oldini oliş markazi direktori Sayyora Nasirova, malakali psixolog Roza Amanova, Nukus şahar, Xöjayli, Qoraözak, Taxiatoş, Beruniy, Elliqalʼa tumanlari ijroçi direktorlari, masʼul xodimlari va jamoatçilik asosida biriktirilgan mutaxassislar qatnaşdilar.
Körgazmali öquv-seminar markazning jihozlanişi, moddiy-texnik bazasi va iş uslubining Nizom talablariga mos kelişi, hujjatlar yuritilişi bilan tanişişdan boşlandi. Seminar iştirokçilari markazning jihozlanişi bilan yaqindan tanişdilar va özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Şundan keyin “Zöravonliksiz oila – soğlom oila” mavzusidagi körgazmali öquv-seminarining ikkinçi qismi tuman hokimligi binosida davom ettirilib, markazning tuman bölinmasi ijroçi direktori Gavhar Çimbayçiyeva, Qoraqalpoğiston Respublikasi markazi direktori Sayyora Nasirova, psixolog Roza Amanova, tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği örinbosari, boş pediatr Gulşod Yusupovalar maʼruzalar qildilar. Maʼruzalar yuzasidan qizğin munozaralar davomida iştirokçilar ayollarga nisbatan zöravonlik holatlarining oldini oliş sohasidagi ijobiy yutuqlari, xususan, tumanda ayollarning ijtimoiy moslaşuv markazi taşkil etilgani, maişiy zöravonlik qurboni bölgan ayollar uçun yagona “işonç telefon” raqamlari işga tuşirilgani, oğir hayotiy vaziyatga tuşib qolgan ayollar uçun psixolog, huquqşunos maslahatlarining taşkil etilganligi, zöravonlikning oldini oliş böyiça taşviqot işlari kuçaytirilganligi qayd etildi.
Körgazmali öquv-seminar yakunida iştirokçilar zöravonlik masalalari böyiça aholining xabardorligini oşiriş, şuningdek, davlat, huquq-tartibot hamda NNTlarning zöravonlikning har qanday turining oldini olişga qaratilgan hamkorliklarini kuçaytiriş lozimligini taʼkidladilar.
Gavhar ÇIMBAYÇIYeVA, Respublika zörlik işlatişdan jabr körgan şaxslarni
reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş, öz joniga qasd qilişning
oldini oliş markazi Amudaryo tuman bölinmasi ijroçi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶