SOFLOM BOLA
Tong otdi. Vatanda ajib tarovat:
toğlarning bağrida ollandi lola.
Hayot gözalligin etib qiroat,
Dunyoni uyğotib uyğondi Bola!
Belançak tebranar. Bağrida Quyoş
asta boş kötarib çiqayotganday..
Quyoş nurin içgan yurakdan otaş
muz qotgan dillarga ötayotganday...
Belançak tebranar. Tegrasi mayin
iforga, xotirjam onlarga töla.
Voajab! Lahzalar ötgani sayin,
Dunyoga intilib ulğaydi Bola.
Pildirab çiqdi u hovli yuziga,
Yer-u osmonlarga yozdi quloçin.
Hayratlardan porlab yongan közida,
Kamalak rangida tovlandi Oçun!
On-a-a! Onajon, deb tilga kirdi u,
Oila qörğoni guldirab ketdi.
Söng katta yöl tomon şodon yurdi u,
Yöllar qadamidan gurkirab ketdi!
Suvdan Quyoş aksin oldi hovuçlab
Va soçib yubordi uni boşidan.
Mitti orzularin dilda opiçlab,
Dunyoni tanidi gödak yoşidan!
Robiya YÖLDOŞEVA.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶