Özbekistonning xalqaro miqyosdagi obrö-eʼtibori tobora yuksalmoqda
ÖzA, Nodira Manzurova, Bobur Obidov, Sayyora Şoyeva, Iroda Umarova, Sarvar Örmonov, Aʼlo Abdullayev, Otabek Mirsoatov, Alişer Isroilov (surat), 05.06.2014 21:28
Prezidentimiz Islom Karimov taşabbusi bilan taşkil etilgan "Özbekistonda oziq-ovqat dasturini amalga oşirişning muhim zaxiralari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya iştirokçilari poytaxtimiz, Toşkent va Samarqand viloyatlarida bölib, mamlakatimizda qişloq xöjaligini rivojlantiriş, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta işlaş va işlab çiqariş, qişloqlar qiyofasini özgartiriş, aholi farovonligini yuksaltiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişdilar, yurtdoşlarimiz bilan suhbatlaşdilar.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ijtimoiy yönaltirilgan bozor iqtisodiyotini şakllantiriş, oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni kengaytiriş, fermerlik harakatini va qayta işlaş sanoatini rivojlantiriş borasida amalga oşirilgan tub islohotlar samarasida mamlakatimiz tarixan qisqa davrda oziq-ovqat mustaqilligiga erişdi.
Davlatimiz rahbarining 2011-yil 31-oktyabrda qabul qilingan "2012-2015 yillarda respublika oziq-ovqat sanoatini rivojlantirişni va boşqaruvini taşkillaştirişni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori oziq-ovqat sanoatining izçil taraqqiy etişida muhim dasturulamal bölmoqda.
Xalqaro konferentsiya iştirokçilari Toşkent şahridagi "Gold Dried Fruits” masʼuliyati çeklangan jamiyati, "Green World” Özbekiston-AQŞ-Janubiy Koreya, "Lazzat Karamel” Özbekiston-Şveytsariya qöşma korxonalarida bölib, oziq-ovqat sanoati sohasida erişilayotgan yutuqlar bilan tanişdi.
2013-yilda taşkil etilgan "Gold Dried Fruits” korxonasi quritilgan sabzavot mahsulotlari va ziravorlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan. Yuzdan ziyod işçi mehnat qilayotgan korxona bir kunda 120 tonna hosilni qayta işlaş quvvatiga ega. Mahsulotlarning 90 foizi eksport qilinmoqda.
"Özbekiston iqtisodiyotning barça sohalarida izçil rivojlanayotgan mamlakat, – deydi Atrof-muhitni örganiş instituti direktori, professor Maykl Edelşteyn (AQŞ). – Mamlakatingizga har gal kelganimda ulkan özgarişlarning, barça sohada qölga kiritilayotgan yangi-yangi yutuqlarning guvohi bölaman. Aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlaş bugungi kunning dolzarb masalasidir. Bu jihatdan Toşkentda ötkazilayotgan xalqaro konferentsiya ğoyat muhim ahamiyat kasb etadi. Özbekiston körkam boğ-roğlari, şirin-şakar mevalari bilan dunyoga maşhur. Quyoş nuriga töyingan bunday mazali mevalarni boşqa heç qaysi mamlakatda uçratmaganman”.

Çet el investorlarining mamlakatimizga sarmoya kiritişga qiziqişi tobora oşmoqda. Buni mamlakatimiz iqtisodiyotining turli sohalaridagi qator sarmoyaviy loyihalarda faol iştirok etayotgan xorij kompaniyalari misolida ham köriş mumkin. Poytaxtimizdagi "Green World” Özbekiston-AQŞ-Janubiy Koreya qöşma korxonasi ana şunday muassasalardan.
Bu yerda qişloq xöjaligi mahsulotlaridan turli şarbatlar, murabbo, şinni va konservalangan tuzlamalar tayyorlanadi. Bejirim qadoqlanayotgan meva şarbatlari yuqori sifati, xuştaʼm va tabiiyligi bilan ajralib turadi.
"Prezident Islom Karimovning uzoqni közlab yuritayotgan oqilona siyosati tufayli Özbekistonda har soha, jumladan, oziq-ovqat sanoati izçil taraqqiy etayotganining guvohi böldik, – deydi Kordoba viloyatining Fermerlar uyuşmasi prezidenti, Işbilarmonlar palatasi raisi Ignasio Fernandes de MESA (Ispaniya). – Özbekistonning jahondagi obrö-eʼtibori tobora yuksalmoqda. Bu mamlakatingizda bozor iqtisodiyotiga oid islohotlarni bosqiçma-bosqiç amalga oşiriş natijasida qölga kiritilayotgan ulkan yutuqlarning xalqaro hamjamiyat, xususan, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki kabi köplab yirik moliya muassasalari tomonidan eʼtirof etilişida öz ifodasini topmoqda. Konferentsiya iştirokçilari uçun uyuştirilgan biznes-uçraşuvlar, qator korxonalar faoliyati bilan tanişuv mamlakatingiz iqtisodiy salohiyati haqida boy tasavvurga ega böliş imkonini bermoqda. Özbekistonda işlab çiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari, meva va sabzavotlar, ulardan tayyorlanayotgan şarbatlar yuqori sifati, xuştaʼmligi va tabiiyligi bilan havasimizni tortdi. Mevalarning bu qadar köpligi, turlarining xilma-xilligi, bir-biridan mazaliligi bizni lol qoldirdi. Özbekistonlik işbilarmonlar bilan yaqin hamkorlik aloqalari örnatiş, mavjud munosabatlarni yanada mustahkamlaş niyatidamiz”.
Mamlakatimizda işlab çiqarilayotgan qandolat mahsulotlari orasida "Lazzat Karamel” Özbekiston-Şveytsariya qöşma korxonasi masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan tayyorlanayotgan 30 turdagi şirinliklar isteʼmolçilarga maʼqul kelayotir. "Lazzat Karamel” yiliga tört ming tonna mahsulot işlab çiqariş quvvatiga ega.
"Taşkilotimiz Özbekiston bilan köp yillardan buyon samarali hamkorlik qilib kelayotir, – deydi Xususiy sektorni rivojlantiriş böyiça Islom korporatsiyasi raisining örinbosari Xaled Muhammad Al-Abudiy. – Özbekistondagi korxonalarning faoliyati yil sayin takomillaşib, işlab çiqarilayotgan mahsulotlar turi köpayib, sifati tobora oşib borayotganini alohida taʼkidlaşni istardim. "Asaka”, "Asia Alliance” kabi önga yaqin banklar bilan yaqindan hamkorlik qilib kelyapmiz. Şu paytgaça kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaşga doir, xususan, Özbekistondagi 172 korxonani moliyalaştirişga oid köplab qöşma loyihalarni amalga oşirdik. Kelgusida qöşma loyihalarimiz qamrovi yanada kengayadi, degan umiddaman. Mamlakat iqtisodiyotini taraqqiy ettiriş borasida Prezident Islom Karimov tomonidan olib borilayotgan işlar tahsinga loyiq”.
Mehmonlar Toşkentdagi "Farhod” dehqon bozorida ham böldilar.
"Kompaniyamiz oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan şuğullanadi, – deydi "OTTO Young Heung Groceries” kompaniyasi prezidenti Seo Xyun Su (Janubiy Koreya). – Konferentsiya doirasida poytaxtingizdagi quritilgan sabzavotlar, turli şarbatlar, konservalangan mahsulotlar va şirinliklar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan qator korxonalarda bölib, mahsulot tayyorlaş jarayoni bilan yaqindan tanişdim. Özbekiston bozorlari özining betakror jozibasi, tökinligi bilan dovruq qozongan. "Farhod” dehqon bozoridagi fayzu barakani körib, dilim yayradi. Konferentsiya doirasida "Green World” va "Arktika Bottlers” korxonalari mahsulotlarini sotib oliş böyiça yaqin hamkorlik örnatiş niyatidaman”.

Xorijlik mehmonlar Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumanidagi "Istiqlol" mahalla fuqarolar yiğinida bölib, bu yerda namunaviy loyihalar asosida bunyod etilgan uy-joylar bilan tanişdi.
Mazkur mahallada ijtimoiy-madaniy, maişiy xizmat körsatiş inşootlari puxta işlab çiqilgan reja, zamonaviy meʼmorlik loyihalari asosida qurilgan. Mahalla guzarida qad rostlagan supermarket, non tsexi aholining ehtiyojlariga mos faoliyat körsatmoqda.
"Özbekistonning qişloq joylarida qurilayotgan yangi uy-joylar loyihalari pişiq va har tomonlama qulay ekaniga işonç hosil qildik, – deydi "Plantrees” kompaniyasining savdo böyiça direktori Karolin Lamber xonim (Belgiya). – Loyihada oila aʼzolarining barça ehtiyojlari inobatga olingan. Xonadonlar gaz, elektr energiyasi, içimlik suvi bilan töliq taʼminlangan, hududda mini-marketlar faoliyati yölga qöyilgan. Non tsexida tayyorlanayotgan ellik turdagi non mahsulotlaridan tatib kördik. Keng, batartib, fayzli köçalar, hovlilarda yaşnab turgan daraxtlar, gullarning tarovatidan bahri-dilingiz oçiladi. Mamlakatingizdagi tinçlik, obodlik va farovonlikka havasim keldi”.
"Toşkent boğ-roğlari” masʼuliyati çeklangan jamiyatida nok, olma va olxöri yetiştirilmoqda. 50 gektarda joylaşgan intensiv boğdan ötgan yili dastlabki hosil olindi.
"Özbekiston meva-sabzavot va uzum yetiştiriş böyiça dunyoning köplab davlatlari orasida yetakçi örinni egallaydi, – deydi "DISYS” kompaniyasi boş ijroçi direktori Kim Ki Xvang (Janubiy Koreya). – Bu Özbekiston qişloq xöjaligi sohasida ança ilgarilab ketganidan dalolatdir. Korxonamiz fermer xöjaliklariga mobil telefon yordamida issiqxonalarni nazorat qilişga möljallangan texnologiyalarni taqdim etadi. Yurtingizda fermerlarga yaratilayotgan imtiyozlarni hisobga olsak, bu texnologiyaning sohaga tatbiq etilişi mulkdorlarni axborot texnologiyalari bilan taʼminlaş imkonini beradi”.
"Özbekistonda sabzavotlarni qadoqlaş böyiça ilğor tajriba töplangan, – deydi "Junction Xervices” kompaniyasi ijroçi direktori Dar Yap xonim (Singapur). – Konservantlar va kimyoviy qöşimçalarsiz tuzlangan bodring taʼmi oğzimda qoldi. Özbekistonda qişloq xöjaligi va tekstil sanoati rivojlangani haqida eşitganman. Qayta işlaşning bunçalik yuksalgani haqida bilmas edim. Bu yerda faoliyat yuritayotgan yoşlarning ğayrati, korxonadagi tozalik, sanitariya meʼyorlarini körib hayratda qoldim”.

Xalqaro konferentsiya iştirokçilari Zangiota tumanidagi "Master Delikatesov” masʼuliyati çeklangan jamiyati faoliyati bilan ham tanişdi. Mazkur korxona kolbasa mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan.
"Özbekistondagi tinçlik-osoyiştalik, bozorlardagi tökin-soçinlikka havasim keldi, – deydi "Putra” universitetining muhandislik fakulteti dekani, professor Azmiy bin Dato Yahyo (Malayziya). – Hozir köplab davlatlarda notinçliklar, oziq-ovqat taqçilligi yuz bermoqda. Narx-navoni kuzatib, özimizniki bilan taqqoslab kördik. Narxlar juda arzon. Eng muhimi, mahsulotlarning barçasi ekologik sof va tabiiy. Bunday tökinlik, arzonçilik, möl-kölçilikka şukr qiliş, uning qadriga yetiş zarur”.
Xalqaro anjuman iştirokçilarining bir guruhi Samarqand viloyatiga taşrif buyurdi.
Samarqand tumanidagi "Ohalik oltin boği mevasi” fermer xöjaligida 680 gektar maydonda intensiv boğ taşkil etilgan. Bu yerda yiliga 10 ming tonna meva yetiştirilmoqda. 2013-yilda 3 million dollar miqdorida daromad olingan. Xöjalikda yetiştirilayotgan mevaning 2,5 ming tonnasi qayta işlanib, önga yaqin mamlakatga eksport qilinmoqda.
"Uşbu fermer xöjaligida intensiv texnologiya asosida yaratilgan boğlar menda katta taassurot qoldirdi, – deydi Markaziy va Şarqiy Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik böyiça uyuşmaning loyiha rahbari Paulina MOR xonim (Germaniya). – Mevalar taʼmi va xuş böyi bilan alohida ajralib turibdi. Ekinlarni tomçilab suğoriş usuli ham öziga xos. Boğdorçilikka ixtisoslaşgan Germaniyaning köplab kompaniyalari Özbekiston bilan mazkur yönalişda hamkorlik qilişga qiziqiş bildirmoqda. Özbekistonda yetiştiriladigan barça turdagi mevalar, jumladan, quruq mevalar jahon bozorida yuksak qadrlanadi”.
2002-yilda taşkil etilgan "Agromir Samarqand” qöşma korxonasi nafaqat mamlakatimizda, balki xorijiy davlatlar bozorida ham öz xaridoriga ega. Korxonada meva-sabzavotlardan konservalangan mahsulotlar, meva şarbatlari va nektarlar işlab çiqariladi. Ular qator mamlakatlarga eksport qilinmoqda.
"Uşbu qöşma korxona faoliyati bilan tanişib, özim uçun katta tajriba orttirdim, – deydi "Great Lakes Agro Energy” kompaniyasining boş texnologi Jon Mark Xakni (AQŞ). – Bu yerda ilğor texnologiyalar va xalqaro andozalar asosida işlab çiqarilayotgan turli şarbatlar va konserva mahsulotlarining taʼmi oğizda qoladi. Mazkur korxonada örganganlarimni, orttirgan tajribamni kompaniyamizda qöllaş niyatidaman. Kompaniyamiz mamlakatingiz bilan yaqin hamkorlik aloqalarini örnatişdan manfaatdor”.
Mehmonlar Samarqanddagi Registon ansambli, Amir Temur maqbarasi, Mirzo Uluğbek rasadxonasi va boşqa tarixiy obidalarni katta qiziqiş bilan tomoşa qildi, şaharda amalga oşirilayotgan keng kölamli bunyodkorlik işlari bilan tanişdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶