QUTURIŞ VA BOTULIZM KASALLIGINING OLDINI OLIŞ BÖYIÇA SEMINAR ÖTKAZILDI
Kundalik turmuşda insonlar hayotiga nafaqat yonğin, suv toşqini, is gazidan zaharlaniş va boşqa turdagi favqulodda hodisalar, balki kasalliklar ham tahdid solişi mumkin. Ehtiyotsizlik tufayli kutilmaganda salomatlikka ziyon yetkazadigan ana şunday quturiş va botulizm kasalliklari qançadan-qança odamlarning umri qisqarişiga sabab bölib kelayotganligi barçaga maʼlum. Uşbu kasalliklar töğrisida batafsil maʼlumot berib boriş, aholi örtasida tuşuntiriş-tarğibot tadbirlarini muntazam ravişda ötkazib boriş undan zarar körişning oldini olişda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Şu maqsadda Amudaryo tumanidagi 40-sonli umumtaʼlim maktabida tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi va Xalq taʼlimi bölimi xodimlari tomonidan favqulodda sodir böladigan hodisalarda xavfdan saqlaniş, xavfsizlik qoidalariga amal qiliş böyiça öquvçi-yoşlarda tuşunça, könikma hosil qiliş maqsadida seminar taşkil etildi. Seminarda öquvçilar bilan birga maktab direktorlari va örinbosarlari, öqituvçilar, maktabning texnik xodimlari ham iştirok etdilar.
Uşbu seminarda maktab binolari va aholi uylarida har xil favqulodda vaziyatlar, yaʼni is gazidan zaharlaniş, yonğin, quturiş, botulizm kasalliklarining oldini oliş çoralari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Tadbir davomida mahalla, ovul fuqaro yiğinlari tomonidan it saqlovçi fuqarolar töğrisidagi maʼlumotlarni öz vaqtida veterinariya idoralariga taqdim etiş, bu böyiça suhbatlar taşkil qiliş va profilaktik tarğibot işlarini kuçaytiriş quturiş kasalligining oldini olişda muhim ahamiyatga egaligi aytib ötildi. Botulizm kasalligi keltirib çiqaradigan ommaviy zaharlanişning oldini oliş uçun ham uy şaroitida konserva mahsulotlarini tayyorlamaslik, zararlangan meva-sabzavotlarni işlatmaslik kerakligi tarğib qilinişi lozimligi töğrisida söz yuritildi.
Seminarda maktab direktorining xöjalik işlari böyiça örinbosarlariga qorovullar va issiqlik taʼminoti böyiça işçilar xizmat vazifalarini tartibga köra bajarişlari, tasdiqlangan röyxat asosida öz vaqtida xizmat joylarida bölişlari va sergak xizmat olib borişlarini muntazam ravişda nazorat qiliş kerakligi, bu xavfli hodisalarning oldini olişda muhim ahamiyat kasb etişi tuşuntirildi. Birlamçi yonğin öçirgiçlaridan töğri foydalanişni biliş, yonğin öçiriş qalqonidagi asboblardan boşqa maqsadlarda foydalanmaslik kerakligi taʼkidlab ötildi. Evakuatsiya çiqiş çizmalari körinarli joyda turişi, öquvçilar bundan xabardor bölişlari kerakligi va çiqiş eşiklari har xil vositalar bilan tösmaslik, zinalar va yertölalarda tez alangalanuvçi mahsulotlarni qöymaslik lozimligi aytib ötildi.
Tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi xodimlari yonğindan xabar beriş moslamalari doimo tayyor holatda saqlanişi, isitiş peçlarining öz vaqtida yoqilişi nazorat qilinişi, qozonxonalarga örnatilgan nasoslarni işlatişda xavfsizlik qoidalariga doim eʼtiborli böliş kerakligini tuşuntirdilar. Şuningdek, tuman Xalq taʼlimi bölimi masʼullari maktabda qattiq yoqilği mahsulotlari saqlaniş holati va isitiş tizimi qanday işlatilayotganligini közdan keçirib, kommunal tizim böyiça muammoli masalalarni öz vaqtida bartaraf qilişni topşirdilar.
Ötkazilgan tadbir yakunida maktab öqituvçi va öquvçilari tomonidan yöllangan savollarga atrofliça javob berildi. Öquvçilar quturiş va botulizm kasalligi bilan kuraşiş nafaqat veterinariya, tibbiyot va boşqa tegişli taşkilotlarning işi, balki keng jamoatçilik, qolaversa har bir fuqaroning ham burçi ekanligi töğrisida keng tuşunçalarga ega böldilar.
B.Tajiboyev, Amudaryo tumani FVB FVDT va FM FTE, XTB boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶