19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 08:48
Jamiyat 👁 272

MUQADDAM SUDLANGAN FUQAROLARGA NISBATAN MAʼMURIY NAZORAT OʻRNATILDI

MUQADDAM SUDLANGAN FUQAROLARGA NISBATAN MAʼMURIY NAZORAT OʻRNATILDI

Oʻtgan davr mobaynida mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini taʼminlash masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarilib, qator islohotlar amalga oshirildi. Ayniqsa, shaxs huquqlari himoyasiga alohida eʼtibor qaratildi. Insonparvarlik,  adolat va qonun ustuvorligi singari printsiplar sud-huquq tizimini isloh qilish hamda maʼmuriy va jinoyat qonunchiligini liberallashtirish sohasida amalga oshirilgan ishlarda oʻzining amaliy ifodasini topdi.

Taʼkidlash joizki, sud tomonidan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat oʻrnatilishi,  maʼlum cheklovlardan iborat tarbiyaviy taʼsir chorasini qoʻllash natijasida qayta jinoyat sodir etilishining oldi olinmoqda. Mazkur toifadagi shaxslar bilan yakka tartibdagi profilaktik tadbirlar oʻtkazilib, hayotda toʻgʻri yoʻl topishlariga koʻmaklashilmoqda.

Shu yil 20-21-yanvar kunlari tuman Ichki ishlar boʻlimi hamda Choykoʻl, Oʻrta Qalʼa ovullari fuqarolar yigʻini binolarida ana shunday toifadagi, yaʼni jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarga maʼmuriy nazorat oʻrnatish maqsadida sayyor sud majlislari oʻtkazildi. Sayyor sudda tuman Ichki ishlar boʻlimining huquqbuzarliklar profilaktika boʻlinmasida hisobda turgan muqaddam sudlangan fuqarolarga nisbatan maʼmuriy nazorat toʻgʻrisidagi taqdimnomalariga doir ish materiallari koʻrib chiqildi.

Sud majlisida Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudi raisi Sultonmurod Davletmurodov, tuman prokurori oʻrinbosari Rahmon Sankiboyev va tuman Ichki ishlar boʻlimining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi boshligʻi Orifjon Qosimovlar ishtirok etdilar. Sud tomonidan muqaddam sudlanib, endilikda ozodlikka chiqqan shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat oʻrnatish masalasini koʻrib chiqish yuzasidan oʻtkazilgan mazkur sud majlislarida fuqarolar yigʻinlari masʼullari ham qatnashdilar.

Sud majlislarida Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudi raisi Sultonmurod Davletmurodov Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yildagi «Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat toʻgʻrisida»gi Qonunida belgilangan tartibga koʻra qanday shaxslarga nisbatan maʼmuriy nazorat oʻrnatilishi toʻgʻrisida maʼlumot berdi. Shuningdek, maʼmuriy nazorat shaxsning sudlanganlik holatining tugatilishi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi muddatlari doirasida oʻrnatilishini aytib oʻtdi.

Qonunga koʻra, sud tomonidan oʻta xavfli retsidivist deb topilgan, ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan, har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki yoki undan ortiq marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy nazorat oʻrnatish chorasi qoʻllaniladi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga binoan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat hisoblanadigan qilmishlarni sodir etganlik uchun boshqa davlat hududida ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtaganlarga oʻrnatiladi.

Majlislarda tuman hududida yashab, muqaddam jinoyat sodir qilganligi uchun boshqa davlat hududida ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtab kelgan ushbu shaxslar endilikda tegishli muddatgacha muntazam nazorat ostida boʻlishi taʼkidlandi. Qayta jinoyat sodir qilinishining oldini olish maqsadida ular  bilan har oy ikki marta yakka tartibda profilaktik ishlar olib borilishi maʼlum qilinib, nazorat ostidagi shaxsga nisbatan qoʻllaniladigan cheklov choralari tushuntirildi.

Muqaddam jinoyat sodir qilganligi uchun boshqa davlat hududida ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtab kelgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy nazorat oʻrnatish yuzasidan sud majlisi sayyor tarzda Qilichboy ovulida ham oʻtkazildi.

Orifjon Qosimov, tuman IIB HPB boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026