12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 22:52
Maqolalar 👁 374

ÇOYKÖLLIK MOHIR USTA

ÇOYKÖLLIK MOHIR USTA

Hayot – dorilfunun. Uning har bir lahzasi insonni tarbiyalaydi, aqlini çarxlaydi, yaşaş, yaratiş sirlarini örgatadi. Sinovlari bilan toblaydi, öz xatolari, yutuqlari, şu barobarida reja va taşabbuslari haqida oqilona xulosalar çiqarişga örgatadi, irodasini ming bor sinovdan ötkazadi.  Çoyköl ovulida yaşovçi oddiy hurnarmand usta Ravşan Kamolov ana şunday sinovlarda toblangan fidoyi insonlardan.

“Gagarin usta!” Uni odamlar şunday çaqirişadi. Allohning zikri bilan azon aytilib, ota-onasi mehr-muhabbat bilan qöygan Ravşan ismini birov bilib aytsa, boşqalar balki bilib, balki bilmay “Gagarin usta” deb çaqiraverişadi. Ravşan usta  Kamolov esa bunga könikib ketgan. 

Biz Ravşan bilan 22-sonli maktabda birgan öqiganmiz. Sinfimizda aʼloçilar köp edi. Lekin Ravşan Kamolovning ana şu aʼloçi sinfdoşlarimizdan ajralib turadigan bir xislati – uning öta kamtar, intizomli va zehni ötkirligi edi. Frantsuz tilini mustaqil örganar, örganganlarini dars ja-rayonida, frantsuz tili öqituvçimiz Qurol aka Safarboyev bilan erkin muloqotlari orqali mustahkamlardi. Undan ustozlarimizning umidi katta edi. Lekin hayot inson orzu qilganiday bir tekis emas, maşaqqatlari, bemavrid sinovlari bor.

Ravşan oddiy dehqon oilasida tuğilib-ösdi. Serfarzand bu oila iqtisodini bir maromda yuritiş uçun otasi (Alloh rahmat qilsin!) Otajon şofyor (uni şunday ataşardi) keça-yu kunduz kolxozda işlar, yetti-sakkiz nafar farzandini yoniga olib, onasi ham kolxoz dalasida, ham tomorqada ter tökardi. Ravşan opa-akalari, ukalari bilan ota-onasiga kömakdoş bölişga, ularning oğirini yengillatişga intildi.

Otasining yonida yurib, texnika sirlarini örgandi. Otajon şofyor bilan goh kolxoz ustaxonasida, goh kolxoz şofyorlarining uylarida turli rusumlardagi avtomobillarni taʼmirlaşda qatnaşa boşladi. Maktabda öqişidan böş vaqtlarida katta xonadonning tomorqa yumuşlarida ota-onasiga kömaklaşdi, ovulda kimning avtomobili, traktori yoki mototsikli buzilsa, öşa yerda hozir-u nozir böldi.

1978-yilda umumtaʼlim maktabini, garçi aʼlo baholarga tugatsa-da, oilaviy şaroit taqozosiga köra, öqiş istagini orqaga surdi. Armiya xizmatidan söng öqişni niyat qilgan Ravşan ota-onasining vafotidan keyin yuragidagi öqiş orzusini yana keyinga surdi. Umrim temir-tersak içida, qoramoyga belanib ötayotir, degan xayolga bormadi. Hayot sinovlarini özining halol, fidoyi mehnati bilan yengişga intildi.

Donişmand xalqimiz tilida bir ibora juda köp aylanadi: “Yigit moli yerda, rizqi Allohdan”. Ravşan Kamolov yoş boşidan el-yurt sevgan, usta böldi, qayerga borsa, eldoşlari eʼzozlaydigan, tördan joy beradigan böldi.

Birovdan oldin, birovdan keyin deganday, uyli-joyli, biri-biridan aqlli öğil-qizlarning otasi, katta xonadonning sohibiga aylandi. Umr yöldoşi Gulora Zorliqova bilan 4 nafar öğil-qizni voyaga yetkazişdi. Katta öğli ham ota kasbini tutdi. Ayni paytda Xurşidjon otasi bilan birgalikda ovuldagi “Oybek-Dilşoda” fermer xöjaligiga qaraşli avtomobillarga texnik xizmat körsatiş şoxobçasida mehnat qilişadi.

Biz ijodiy jamoamiz bilan Ravşan Kamolov va uning öğli Xurşidjon faoliyat yuritayotgan mazkur şoxobçada bölganimizda taʼmirlaş-tiklaş xizmatlari uçun navbat kutayotgan transport vositalari orasida turli rusumdagi avtomobillar, yuk maşinalari, traktor va traktor tirkamalari ham borligiga guvoh böldik. Bilişimizça, Ravşan Kamolov  barça turdagi yengil avtomobillar, eng zamonaviy avtobuslar, yuk maşinalari va qişloq xöjalik texnikalariga sifatli taʼmirlaş-tiklaş xizmatlarini körsatgani uçun “Oybek Dilşoda” fermer xöjaligi rahbari Oybek Siytboyev fermer xöjaligi hisobidan uşbu şoxobçani oçib bergan ekan.

– Öğlim ikkalamiz doimiy iş bilan taʼminlandik, – deydi quvonib Ravşan Kamolov. – Yaqinda pensiyaga çiqaman, pensiyaga çiqişimda muammo bölmaydi, sababi, şoxobça fermer xöjaligining qöşimça tarmoği hisoblanadi.

Inson öz hayotidan rozi yaşaşi uçun avvalo u yaxşi mehnat şaroiti bilan taʼminlanişi, moddiy manfaatdor bölişi muhim ahamiyatga ega. Bu jihatdan Ravşan Kamolovning  köngli töq, qolaversa, mijozlarining keti uzilmaydi, fermer xöjaligidan har oyda maoşini olib turibdi. Oybek Siytboyev esa fermer xöjaligi ixtiyoridagi texnika vositalarini heç muammosiz, özlarining qöşimça tarmoği orqali taʼmirlab berayotgani uçun ustadan minnatdor.

Ravşan Kamolov uçun oila davrasida  keçadigan lahzalar yanada gaştli. Öğil-qizlari, nevaralarining iş, öqiş va rözğor yumuşlari bilan boğliq faoliyatlarini har kuni keçqurun biroz “taftiş” qilişga odatlangan usta allaqaçon turmuşga çiqib, özlaridan tinib-tinçib ketgan qizlari Manzuraxon bilan Mavludaxon hamda nevaralari Gözaloy, Barno, Javohir va Sohibjonlarga birrov qönğiroq qilib, hol-ahvol söraşni kanda qilmaydi. Böş qoldim degunça, fizika-astronomiya yönalişi böyiça NDPIning magistratura bosqiçida tahsil oliş bilan birga 82-sonli maktabda öquvçilarga fizika fanidan dars berayotgan qizi Mehribonning öqiş va işlarini “tekşiradi”. Hatto Mehribonga fizik qonun-qoidalar böyiça savollar berib, sinab körişni ham unutmaydi.

– Dadam oliy maʼlumotli bölmasalar ham fizika fanidan köp narsani bilişiga hayron qolaman, – deydi Mehribon.

– Bu özim uçun muhim, – izoh beradi usta, – kasb-korim şuni taqozo etadi. Qolaversa, maktabda ustozimiz Çorşam aka Yusupov bu fanni miyamizga quyib qöygan-da, – kuladi u.

Esimda, 22-sonli maktabda fizika, matematika, kimyo-biologiya, frantsuz va rus tillari, özbek tili va adabiyoti, geografiya fanlari juda çuqur örgatilardi. Bu fanlar böyiça olgan bilimlarimiz, töğrisi, bizga hamon hayotda asqotadi. Usta esa nazarimda, diplomsiz mutaxassis, mutaxassis bölganda ham har qanday oliy maʼlumotlilardan qolişmaydigan yetuklikka ega edi.

Ravşan Kamolovning oilasida özbekona tutumlarga qatʼiy amal qilinişi esa öğil-qiz, kelin va nevaralarning öz işlarini bilib-bilib, maromiga yetkazib bajarişlarida aks etib turadi. Umr yöldoşi Gulora Zorliqova asosiy vaqtini nevaralari davrasida ötkazadi. Kelini Mehribon ovulning qöli gul çevarlaridan. U tikkan pardalar köplab xonadonlarga körk bağişlasa, qizlari Manzuraxon va Mavludaxonlar tikkan liboslarga hamma havasda.

Oilaning daromad manbaiga qöşimça ravişda parvarişlanayotgan kurka va tovuqlar, mol-holga qaraş nevaralar va epçil kelin Mehribonning zimmasida. Şuning uçun ham Gulora bilan usta kelini Mehribon bilan qizlarini bab-baravar körişadi. Rözğori bölak qizlari, nevaralari yiğilib kelişganlarida Mehribon kelinning oyoq-qöllari çaqqonlaşib, tuğişganlariday mehri tovlanib turişlari ham, albatta, ularning qaynota-qaynona sifatidagi tutumlaridagi adolatdan, yaxşilikdan.

Bu oilada xotirjamlik, özaro mehr, bir-birovga eʼtibor, va samimiyat çöğidan taft olgan haqiqiy özbek feʼli – havasga munosib odamiylik tuyğulariga oşno böldik. Zero, inson uçun bundan ham aziz tuyğu yöq.

Robiya YÖLDOŞEVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026