YoŞ ŞAXMATÇILAR ĞALABASI
Sport insonni nafaqat soğlomlaştiradi, balki unga hayotiy faollik, quvnoq kayfiyat baxş etadi. Şu bois, Prezidentimiz tomonidan bolalar sportini rivojlantiriş, ularning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş, sportda erişayotgan yutuqlarini rağbatlantirişga qaratilayotgan eʼtibor tufayli sportning turli yönalişlari böyiça öz iqtidorlarini namoyon etayotgan yoşlar safi tobora oşib bormoqda.
Tumanimizda ham sportning özlari tanlagan yönalişlari böyiça nufuzli musobaqalarda iştirok etib, sovrinli örinlarni egallab kelayotgan yoşlar talaygina.

Joriy yilning 30-noyabr – 15-dekabr kunlari Nukus şahrida bölib ötgan 18 yoşgaça bölgan bolalar va ösmirlar örtasidagi şaxmat sporti böyiça musobaqalarda tuman BÖSM öquvçilari ham yuqori natijalarni qölga kiritdilar. Xususan, 2011-yilda tuğilgan ösmirlar örtasidagi bahslarda Şohjahon Matsafoyev, 2009-yilda tuğilgan ösmir qizlar orasidagi bahslarda Rayhona Şomurodova hamda 2006-yilda tuğilgan ösmir qizlar örtasida Durdona Rahimovlar faxrli 1-örinni egallab, Qoraqalpoğiston Respublikasi çempioni böldilar.
Şuningdek, mazkur musobaqalarda öz yoş toifalariga köra, Ziyoda Saʼdullayeva 2-örinni , Botirjon Rustamov, Uluğbek Rustamov hamda Sevinçoy Safarboyevalar 3-örinni egallaşdi.
Şunisi eʼtiborga loyiqki, mazkur sport musobaqalarida birinçi va ikkinçi örinlarni egallagan BÖSMning yoş şaxmatçilari 2021-yilning yanvar-fevral oylarida Toşkent şahrida bölib ötadigan 18 yoşgaça bölgan bolalar va ösmirlar örtasidagi şaxmat sporti böyiça Özbekiston çempionatida Qoraqalpoğiston Respublikasi şarafini himoya qilişadi.
Ayni kunlarda ğolib şaxmatçilar tuman BÖSMning şaxmat sektsiyasida murabbiylari rahbarligida qizğin tayyorgarlik bosqiçini ötaşmoqda. Biz tumanimizning iqtidorli, yoş şaxmatçilariga kelgusi musobaqalarda katta yutuqlar tilaymiz.
Robiya YÖLDOŞEVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶