ShAPOFIDDINNING NAVBATDAGI GʻALABASI
Dunyoning 120ga yaqin mamlakatlaridan 700 nafarga yaqin dzyu-do kurashining zabardast polvonlarini oʻz kurash maydoniga chorlagan “Katta dubulgʻa” turkumiga kiruvchi musobaqalari Frantsiyaning Parij shahrida oʻtkazildi.

14 ta vazn toifasida dunyoning eng kuchli dzyu-do ustalari bellashgan ushbu musobaqada mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgan hamyurtimiz – amudaryolik polvon Sharofiddin Boltaboyev finalgacha muvaffaqiyatli ishtirok etib, kumush medal sohibi boʻldi. Hamyurtimiz “Katta dubulgʻa” turnirlaridagi ilk kumush medalni qoʻlga kiritdi. Bu yutugʻi bilan Sharofaddin Boltaboyev Tokio olimpiadasi sari 700 reyting ochkoga ega boʻldi.

Sharofaddin Boltaboyev amudaryolik. U Mangʻit shahrida tugʻilgan va sportning dzyu-do kurashi boʻyicha ilk saboqni tumanimizdagi Bolalar va oʻsmirlar sport maktabida olgan. Bungacha u koʻplab xalqaro turnirlarda, Osiyo va jahon chempionatlarida ishtirok etib, sovrindor boʻlgan. Biz Sharofaddinni navbatdagi katta gʻalabasi bilan chin dildan tabriklaymiz va olimpiada gʻolibi boʻlishiga tilakdoshmiz.
P.YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶