ONA TILIMIZ SOFLIGINI SAQLAŞGA HAMMAMIZ BURÇLIMIZ
Mamlakatimizda ona tilimizning jamiyatdagi örni va nufuzini oşirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Alişer Navoiy nomidagi Toşkent Davlat özbek tili va adabiyoti universiteti, universitet huzurida Vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari va xöjalik birlaşmalari xodimlari, respublikada doimiy istiqomat qilayotgan boşqa tillarda sözlaşuvçi aholi uçun yuridik şaxs maqomiga ega hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlardagi davlat universitetlari, pedagogika institutlari qoşida hududiy bölinmalariga ega bölgan Davlat tilida iş yuritiş asoslarini öqitiş va malaka oşiriş markazi taşkil etildi.
Markaz va uning hududiy bölinmalarida vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari xodimlarini özbek tilida iş yuritiş asoslari böyiça öqitiş yölga qöyildi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-yanvarda qabul qilgan “Mamlakatda davlat tilida iş yuritişni samarali taşkil qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori özbek tili maqomi va nufuzini oşiriş yölida yana bir muhim qadam böldi. Qarorda davlat boşqaruvi organlari, xöjalik birlaşmalari rahbarlari, viloyatlar, tuman, şaharlar hokimlari “Davlat tili töğrisida”gi Qonun hujjatlari talablariga sözsiz rioya qiliş, iş yuritişni davlat tilida taşkil etişga şaxsan masʼul ekanligi belgilab qöyildi. Şuningdek, ularning maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligini oşiriş, “Davlat tili töğrisida”gi Qonun hujjatlariga rioya etilişini taʼminlaş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimi joriy etildi.
Tumanimizda ham Qarorda belgilangan vazifalarni ijro etiş yuzasidan köpgina çora-tadbirlar belgilandi va amalga oşirilmoqda. Xususan, tumanimizda tadbirkorlar safi kengayib, ularga tegişli bölgan maişiy xizmat körsatiş obʼektlari, savdo, umumiy ovqatlaniş şoxobçalari binolari köpaymoqda. Biroq ularning nomi yozilişida turli xatoliklarga yöl qöyilayapti. Korxona-taşkilotlar peşlavhalarida, har xil reklama va çaqiriqlar yozilgan pannolarda grammatik xatolar uçraydi. Şularni inobatga olgan holda tuman hokimi farmoyişiga köra, turli obʼektlar peşlavhalaridagi yozuvlarni közdan keçiriş, ularni belgilangan talablar asosida joylaştirilişini örganiş böyiça işçi guruh tuzildi va faoliyat olib bormoqda.
2020-yilning 10-oktyabrigaça işçi guruh saʼy-harakatlari bilan tumanimiz böyiça 30 ta taşqi yozuvlar (peşlavha, reklama, eʼlon, axborot matnlari) özgartirildi, jamoat joylaridagi 20 ta taşqi yozuvlar, 5 ta viloyatlararo, tuman va şaharlararo asosiy yöllar böylarida örnatilgan taşqi yozuvlar, 5 ta şoh köçalar böyida örnatilgan taşqi yozuvlar örgartirildi. Tumandagi 2507 ta köçaga nom berildi.
Ona tilimiz qadimiy va nihoyatda boy, jozibador til. Uning sofligini saqlaşga hammamiz ham burçlimiz.
Aşirboy QÖŞAYeV,
tuman hokimi maslahatçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶