HAMMAMIZGA SEVIMLI ZOYaXONIM EDI...
Baʼzan hayotda yuz beradigan kutilmagan voqea-hodisalar odamni karaxt qilib qöyadi. Ayniqsa, har kuni birgalikda çaq-çaqlaşib, quvonç-u taşvişingni baham körib, bir havodan nafas olib. Bir jamoada işlaşayotgan hamkasbingdan heç kutilmaganda ayrilib qolsang juda oğir botarkan...
Allohning irodasi, xalqimiz boşiga tuşgan sinov bizning mehnat jamoamizni ham çetlab ötmadi. Gulgul oçilib yurguvçi, nihoyatda samimiy va dilkaş. 38-sonli maktabimiz pedagogika jamoasining sevimli dösti, öquvçilarining aziz ustozi Zoyaxon Bobojonovani bemavrid ajal oramizdan juda erta olib ketdi. U juda mehribon, şu bilan birga öz fanining bilimdoni, maʼnaviy kuçli ayol edi. 1993-yilda NDPIning özbek filiologiyasi fakultetini tamomlab, ilk mehnat faoliyatini 41-sonli maktabda ona tili va adabiyot fani öqituvçisi sifatida boşlagan Zoya Bobojonova 1998-2002-yillarda 38-sonli umumtaʼlim maktabida qoraqalpoq tili va adabiyoti fani öqituvçisi, 2002-2007-yillarda maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari, 2008-2012-yillarda Manğit Iqtisodiyot kolleji öqituvçisi, 2012-2019-yillarda esa 38-sonli umumtaʼlim maktabi direktorining öquv-tarbiya işlari böyiça örinbosari vazifalarida faoliyat yuritib, yoş avlodni vatanparvar, mustaqillik ğoyalariga sadoqatli, maʼnaviy yetuk insonlar qilib tarbiyalaş işiga munosib hissa qöşdi.
Biz – 38-sonli maktab jamoasi uni Zoyaxonim, deya yaxşi körar edik. Zoyaxonim har qanday maqtovga, jamoa hurmatiga sazovor, yaxşi körişimizga loyiq inson edi. Uning öziga xos dars ötiş tajribasi, adabiyot darslarida xuddi yoqimli musiqa yangliğ jarangdor ovozda şeʼr öqişlari, çiroyli tabassum qilişlari, turli bayram sanalari munosabati bilan maktabimizda ötkaziladigan bayram tadbirlariga boş-qoş bölib yurişlari, hamma ezgu işlari heç kutilmaganda xotiraga aylandi. Makkor koronavirus bizdan Zoyaxonimdek dilkaş hamkasb döstni, oilasidan mehribon ona va sevimli rafiqani, yaqinlaridan fidoyi jigarbandni tortib oldi. Ilohim, Zoyaxonimning joylari jannatdan bölsin, oxiratlarini Alloh obod qilsin. Yaqinlarining ajri uluğ, sabr-toqatlari gözal, farzandlarining umrlari uzoq bölsin.
Haqlariga doimo duoda bölguvçi 38-sonli umumtaʼlim maktabi mehnat jamoasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶