YoŞ AVLODNI ONA TILIMIZGA HURMAT RUHIDA TARBIYaLAYMIZ
Maktabgaça taʼlim tizimida yoş avlodga taʼlim-tarbiya berişda eng asosiy maqsad va vazifalardan biri – ularga özbek tilining nihoyatda boy ekanligini körsatiş, öz tilini qadrlaşni örgatiş, uni yöqotiş özligini yöqotiş bilan barobar ekanligini uqtiriş bilan birga nutqini ham rivojlantirişdir.
Har yili 21-oktyabr – özbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun, yaʼni Til bayrami munosabati bilan badiiy keçalar, davra suhbatlari ötkaziladi. Bunday tadbirlar yoş avlod qalbida muqaddas tilimizga bölgan mehr-muhabbat, Vatanga sadoqat, millatlararo bağrikenglik kabi tuyğular yanada mustahkamlanişiga zamin yaratadi.
Bu yil ham Til bayrami munosabati bilan tumandagi maktabgaça taʼlim taşkilotlari pedagog-tarbiyaçilari uçun onlayn seminar-treninglar, taʼlimiy öyinlar va badiiy keçalar taşkil etilib, videoroliklar namoyiş qilindi. Şuningdek, maktabgaça taʼlim taşkilotlari pedagog-tarbiyaçilari kiçkintoylar uçun masofaviy tarzda uşbu kunga bağişlangan maşğulotlarni kötarinki ruhda ötkazişdi.
Biz yoş avlodni öz tilimizga hurmat ruhida tarbiyalaşga masʼulmiz. Prezidentimiz Ş.Mirziyoyev “Xalqning milliy madaniyati va öziga xosligini ifoda etuvçi vosita bölmiş özbek tilini rivojlantiriş bu tilning davlat maqomini izçil va töliq röyobga çiqariş demakdir”, deb taʼkidlab ötgan edi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga avvalo ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Zero, ona tilimiz bu – millatimizning ruhidir.
Nodira Tajimurodova,
tuman Maktabgaça taʼlim bölimi şöʼba mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶