QORAQALPOQ TILI FAN OYLIGIGA DOIR TADBIR ÖTKAZILDI
Ötgan davr mobaynida qoraqalpoq tilining nufuzi va jozibadorligini oşiriş, davlat idora, korxonalarida davlat tilida iş yuritilişini taʼminlaş, yoş avlodni öz ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalaş borasida köpgina işlar qilindi. Juda boy va teran maʼno-mazmunga ega qoraqalpoq folklori tili va badiiy saviyasi jihatidan tadqiq etildi. Respublika hududidagi barça umumiy örta taʼlim maktablarida qoraqalpoq tilini öqitiş yölga qöyildi.
Turkiy tillarning qipçoq guruhiga mansub bölgan qoraqalpoq tili 1924-yilda isloh qilingan arab grafikasi asosida şakllantirilgan. 1929-1940-yillarda lotin grafikasiga asoslangan qoraqalpoq yozuvi amalda bölgan bölsa, 1940-yildan kirill grafikasi asosidagi yozuv joriy etilgan. 1994-yildan yana lotin grafikasiga ötiş böyiça qaror qabul qilingan. Lotin yozuviga asoslangan qoraqalpoq tili alifbosiga 2009 va 2016-yillarda özgartirişlar kiritilib, 23 ming sözni öz içiga olgan qoraqalpoq tilining imlo luğati işlab çiqildi.
Qoraqalpoğistondan taşqari, Navoiy viloyatida uçta maktabda darslar qoraqalpoq tilida öqitiladi. Şuningdek, Turkiyaning nufuzli ikki oliygohida ham qoraqalpoq tili öqitiladi.
Qoraqalpoq tilining nufuzi oşib, uni örganiş yoş avlodning sevimli maşğulotiga aylanişida umumiy örta taʼlim maktablarining qoraqalpoq tili fani öqituvçilarining munosib hissalari bor.
Manğit şahrida joylaşgan 1-sonli umumiy örta taʼlim maktabida qoraqalpoq tilini 7 nafar öqituvçilar yoş avlodga puxta örgatişga intilmoqdalar. Şu bilan bir qatorda özlari ham kasbiga doir ijodiy izlanib, köpgina yutuqlarga erişmoqdalar. Masalan, Dilnoza Ibrohimova joriy yilda “Ayaziy bilimdanlari” tanlovining Qoraqalpoğiston Respublika bosqiçida 3-örinni egalladi. “Ustaz joli” gazetasi tahririyati taşkillaştirgan “Kasmbim - maqtanişim” nomli tanlovda nominatsiya ğolibi va köpgina onlayn tanlovlarda iştiroki yuqori baholangan Aptabida Abdimuratovaning taʼlim bergan öquvçilarning ham yutuqlari köp.
Jumladan, maktabning 9-sinf öquvçisi Jasurbek Kamolov “Ana tilim – milliy - maqtanişim” deb nomlangan inşolar tanlovida tumanda 1-örinni, Marhabo Örozboyeva fanlar olimpiadasida qoraqalpoq tilidan 3-örinni egalladi.
Oktyabr oyi qoraqalpoq tili fan oyligi bölganligi munosabati bilan maktabda köpgina maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, bilimdonlik sinovlari ötkazilmoqda. Qoraqalpoq tilini öquvçi-yoşlarga çuqur örgatiş, bu boradagi bilimlarini oşirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Fan oyligi munosabati bilan avvalo maktab qoraqalpoq tili uslub birlaşmasining iş rejasi işlab çiqildi. Rejaga muvofiq şu kungaça turli bellaşuvlar, oçiq darslar ötkazildi.
19-oktyabr kuni oylik doirasida oliy toifali, tajribali qoraqalpoq tili öqituvçisi Aptabida Abdimuratova taşkil etgan oçiq dars “Tarixiy tulğalar” deb nomlandi. Oçiq darsga maktab direktori, örinbosarlari, fan öqituvçilaridan taşqari mahorat örganiş maqsadida yoş öqituvçilar ham qatnaşdilar. Tadbirga öquvçilar ota-onalari vakillari ham iştirok etganligi öz farzandlarining qoraqalpoq tilini qay darajada örganganliklarini bilişlariga imkon yaratdi.
Oçiq darsda öquvçilar salohiyati sinovdan ötkazildi. Şuningdek, öquvçilar atoqli qoraqalpoq adiblarining ijodidan namunalar yod aytib, ifodali öqiş borasidagi qobiliyatlarini namoyiş etdilar.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶