Majburiy mehnatga qarşi tarğibot işlari kuçaytirilmoqda
Paxta yiğim-terimi davomida majburiy mehnatga yöl qöymaslik hamda terimçilar uçun munosib mehnat va dam oliş şaroitlarini yaratilişda mutasaddi taşkilotlar ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlaş böyiça taşkil qilingan işçi guruh tuman hududida böldi.
22-sentyabr kuni tumanimizga taşrif buyurgan uşbu işçi guruh aʼzolari dastlab tuman hokimligida hokim örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, bölimlar, korxona-taşkilotlar rahbarlari iştirokida yiğiliş ötkazdilar.
Işçi guruh tarkibiga hududlarni örganiş kölamini kengaytiriş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, Xalq deputatlari viloyat Kengaşi deputatlari, Bandlik boşqarmalari, Kasaba uyuşmalari taşkilotlari birlaşmalari, hududdagi jamoat taşkilotlari vakillari va jurnalistlar jalb etilgan edi. Xususan, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat taşkilotlar va fuqarolarning özini özi boşqariş organlari qömitasi aʼzosi Abdulla Ruzmetov, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Agrar va suv xöjaligi masalalari qömitasi aʼzosi Zafar Abdirimov, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat organlari xodimlari malakasini oşiriş Respublika kurslari direktori Umar Sultonov, Aviatsiya xodimlari kasaba uyuşmasi Respublika kengaşi taşkiliy işlar böyiça boş mutaxassisi Abduvohid Yuldaşev, Nukus davlat pedagogika instituti matbuot kotibi, “Karinform.uz” rasmiy veb-sayti muharriri (bloger) Islam Matekovlar işçi guruh aʼzolari tarkibiga kiritildi.
Respublika işçi guruhi aʼzolari tumanda Örtaqalʼa ovulidagi “Erkin Rasulov asalçi“ hamda “Maqsad Haytakov”, Dörman ovulidagi “Beşboyev Qurbanğaliy”, Çoyköl ovulidagi “Çoyköl-Döstlik”, Oq oltin ovulidagi “Yakubova Gavhar”, Tölqin ovulidagi “Amad Törayev” fermer xöjaliklaridagi pahta dalalarida bölib, karantin qoidalariga rioya etgan holda örganiş işlarini olib bordilar.
Masʼullar örganiş işlari davomida qator masalalarga alohida eʼtibor qaratdilar. Xususan, fermerlar, klasterlar, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, uning quyi tuzilmalari hamda xususiy bandlik agentliklaridan boşqa taşkilotlarni paxta yiğim-terimi mavsumi davomida terimçilarni jalb qiliş işlariga aralaşuviga yöl qöymaslik, majburiy mehnat holatlariga butunlay barham beriş böyiça tuşuntiriş işlari olib borildi. Işçi guruh aʼzolari tomonidan korxona, taşkilotlar öz xodimlarini uyuşgan holda paxta yiğim-terimi işlariga jalb qiliş amaliyotini töliq bekor qiliş, paxta yiğim-terimi işlariga Içki işlar, Favqulodda vaziyatlar, mudofaa xodimlari, harbiy xizmatçilar va akademiya kursantlarini umuman jalb etmaslik kabilarga alohida eʼtibor qaratilişi kerakligi aytib ötildi.
Şuningdek, mutasaddilar örganiş jarayonida terimçilar bilan belgilangan tartibda mehnat şartnomalarining imzolanganligi, terimçilarni terim haqini oşirgan holda rağbatlantiriş çoralarining körilganligi, bunda hukumat qarori bilan belgilangan terim summasiga klasterlar va fermerlarning içki imkoniyatlaridan kelib çiqqan holda, qöşimça rağbatlantiriş işlarining taşkil etilganligi, terim pullarining öz vaqtida, daromad soliği olinmasdan, byudjetdan taşqari pensiya jamğarmasiga suğurta badallari hisoblanmagan holda tarqatilayotganligini örgandilar.
Şu bilan birga, korxona-taşkilotlarda xodimlardan örniga terimçi jalb qiliş uçun pul yiğiş işlariga yöl qöyilmayotganligini, pandemiya şaroitini inobatga olib, paxta yiğim-terimi işlarini sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda taşkillaştirilganligini hamda boşqa hududlardan kelib, terimda iştirok etayotgan terimçilar uçun munosib mehnat va dam oliş şaroitlari yaratilganligini qatʼiy nazoratga oldilar.Taʼkidlaş kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda inson hayoti va faoliyatining barça sohalarida majburiy mehnatning oldini oliş va unga töliq barham berişga doir aniq hamda amaliy çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Bunday amaliy işlar ötgan yillarga qaraganda hozirgi kunda majburiy mehnat körinişlari va bunday köngilsiz holatlar asta-sekin pasayib borişiga xizmat qilmoqda.
Çaros Arslonova, tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶