Oq oltin ovuli, Qipçoq şaharçasi, Daryoböyi va Beştom mahallalarida yaşovçilar diqqatiga!
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining qarori bilan tuman Kengaşida böşab qolgan 24-Oq oltin va 28-Daryoböyi saylov okruglarida 2020-yil 20-sentyabr yakşanba kuni deputatlar saylovi ötkazilişi belgilangan.
Saylovlarni oçiq-oşkora, milliy saylov qonunçiligimiz talablariga muvofiq hamda umumeʼtirof etilgan xalqaro huquq normalari va standartlari talablariga hamohang tarzda taşkil etiş, eng asosiysi, saylovlar jarayonida har bir saylovçiga öz xohiş-irodasini erkin ifoda etişi uçun şart-şaroit va imkoniyat yaratib beriş maqsadida qator amaliy işlar qilinmoqda.
Şuni alohida taʼkidlaş joizki, pandemiya şaroitida aholining xavfsizligini taʼminlaş maqsadida saylovçilarga çaqiruv qoğozlari tarqatilmaydi. Şunday ekan, Oq oltin ovulining “Könabosu”, “Tozabosu”, “Paxtaobod”, “Dehqonobod” va “Jiydali Qulon” aholi punktlarida, “Qipçoq” şaharçasida, Beştom mahallasi, Daryoböyi mahallasi “Taraqqiyot” aholi punktining janubiy qismidagi xonadonlarda istiqomat qiluvçi saylov huquqiga ega bölgan barça yurtdoşlarimizni 20-sentyabr kuni bölib ötadigan saylovlarda faol iştirok etib, öz konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanişga hamda özlari munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berişga çaqiramiz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶