Inson xotira bilan tirik
Ajdodlar xotirasini yod etib, ezgu işlarini davom ettiriş, bugun saflarimizda yurgan, osmonimiz musaffoligi, yurtimiz ravnaqi yölida xizmat qilgan nuroniylarni eʼzozlaş xalqimizga xos ezgu fazilatlardandir. Bugun oramizda bölgan Ikkinçi jahohn uruşi qatnaşçilarining holidan xabar oliş, tibbiy-ijtimoiy yordam körsatiş – jamoatçiligimizning doimiy eʼtiborida.
9-may kuni tumanimizdagi xotira xiyobonida Xotira va qadrlaş kuniga bağişlangan tadbir bölib ötdi. Bu yerga uruş va mehnat faxriylari, tuman hokimligi, içki işlar, mudofaa bölimlari, jamoat taşkilotlari hamda keng jamoatçilik vakillari taşrif buyurdi. Maydon uzra mahzun musiqa taraldi. Tumanimiz hokimi boşçiligida xotira xiyobonidagi mangu yoniq olov poyiga gulçambarlar qöyildi.
Tadbirda söz olganlar taʼkidlaganidek, bugun xalqimiz Ikkinçi jahon uruşida faşizm ustidan qozonilgan Ğalabaning 69 yilligini, 9-may – Xotira va qadrlaş kunini keng nişonlamoqda. Ayni şu kunlarda barça-barça yurtdoşlarimiz öz insoniy burçini bajo etib, Vatanimiz ozodligi, musaffo osmoni uçun jon berib, qurbon bölganlarning muqaddas xotirasi oldida boş egib, taʼzim qiladi.
Sözga çiqqqanlar bugun oramizda bölgan, bizga maʼnaviy ibrat bölib yurgan barça uruş qatnaşçilarini ana şu buyuk sana bilan çin qalbdan tabrikladilar. Şular qatorida front ortida xizmat qilib, öta oğir şaroitda ğalaba qozonişga katta hissa qöşgan yurtdoşlarimizga, barça-barça faxriylarimizga sihat-salomatlik, uzoq umr tiladilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶