IJTIMOIY NAFAQALAP TAYINLAShDAGI YaNGILIKLAP
Oʻzbekiston Pespublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasidagi ustuvor yoʻnalishlardan biri bu - ijtimoiy sohani rivojlantirishdir.
Qolaversa, keksa avlod vakillariga boʻlgan eʼtibor, ularni har tomonlama ijtimoiy va iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash doimo davlatimiz diqqat markazida turibdi. Moliya Vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Amudaryo tuman boʻlimida ham bu borada bir qancha samarali ishlar amalga oshirilmoqda Tumanimizda 2020-yil 1-iyun holatiga jami pensiya, ijtimoiy nafaqa oluvchi pensiyanerlar 22845 nafarni tashkil etgan boʻlsa, shundan yoshga doir pensiya oluvchilar 16920 nafar, nogironlik boʻyicha pensiya oluvchilar 2500 nafar, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilar 994 nafarni, pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan qariyalarga va boquvchisini yoʻqotganlar uchun ijtimoiy nafaqalar oluvchilar 2431 nafarni tashkil yetdi. Farzandli boʻlganda yoki biror yaqinidan ayrilganda beriladigan bir martalik ijtimoiy nafaqa ham ana shu gʻamxoʻrlik namunasidir.
Ammo shu kungacha ushbu mablagʻlarni olishda bir qator ovoragarchiliklar odamlarga qator noqulayliklarni tugʻdirardi. Shu bois sohaga raqamli texnologiyalar keng tatbiq etilmoqda. Xususan Xukumatning 2020-yil 23-maydagi «Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarori bilan bu ovaragarchiliklarga chek koʻyildi. Qarorga muvofiq joriy yilning iyun oyidan boshlab fuqoralar tugʻilganlik yoki vafot etganlik holatini Davlat xizmatlari markazlari DXMda roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida huddi shu voqealiklar uchun nafaqa olishga ham ariza berishi mumkin. Yaʼni endilikda suyunchi puli va Dafn nafaqalari DXMlarida rasmiylashtiriladi. Avvalgi tartib boʻyicha fuqoralar nafaqa pullarini olish uchun uzlari faoliyat yuritayotgan tashkilotlarga kerakli hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qilardi. Ular esa joriy oy uchun nafaqa va boshqa toʻlovlarni qoplashga talabnomalarni Pensiya jamgʻarmasiga keyingi oyning 10 sanasiga qadar taqdim etardi. Har yili oʻrtacha 800-900 ming nafar fuqaroning Pensiya jamgʻarmasiga yoki ish joyiga murojaat qilish bilan bogʻliq holatlar kuzatilar edi. Endi esa bu ovaragarchiliklarga chek qoʻyildi. Ushbu qarorga muvofiq endi barcha ishlovchi yoki ishlamaydigan fuqarolar «suyunchi» puli va dafn marosimi uchun nafaqalarni olish maqsadida DXMga kelgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali elektron shaklda murojaat qilishi mumkin. Bunda avtomatik tarzda Pensiya jamgʻarmasi bilan maʼlumot almashilib, murojaatning qisqa fursatlarda qondirilishi taʼminlanadi.
Hujjat bilan nafaqat tartib oʻzgardi, balki nafaqani tayinlash talablari ham soddalashtirildi. DXMga murojaat qilinganda fuqarodan ortiqcha hujjatlar talab qilinmaydi.
Oybek Jumanov, Byudjetdan tashqari
pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶