OʻZIMIZ YaShAYoTGAN MASKANNI OBOD QILAYLIK!
Yurtimizni bogʻ-u chamanga aylantirish, har bir mahalla, har bitta xonadon hududini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish maqsadida “Jonajon yurtim obodligiga oʻz hissamni qoʻshaman!” shiori ostida keng miqyosli ishlar amalga oshirilmoqda.
Aytish joizki, xonadonlarda sanitariya tozalash, obodonlashtirish tadbirlarini olib borish boʻyicha tavsiyalarga amal qilgan holda oshxona, hammom, hojatxona, molxona, tovuqxonalarning belgilangan talablarga rioya qilingan holda joylashtirilishi va saqlanishini taʼminlasak, avvalo oʻzimiz va farzandlarimiz yashaydigan maskanga fayz kiradi. Tomorqalarimizni boʻsh qoldirmay eksak, dasturxonlarimiz toʻkin boʻladi.
Shu aziz yurt – barchamizniki. Uni obod goʻshaga aylantirishga ham har birimiz masʼulmiz. Zero, mana shu fayzli va tarovatli, osoyishta Vatanda oʻzimiz baxtli hayot kechiramiz.
“Jonajon yurtim obodligiga oʻz hissamni qoʻshaman!” shiori ostida oʻtkazilayotgan keng miqyosli obodonlashtirish va tozalik tadbirlarida har birimiz faol ishtirok etaylik!
Xosiyat Aytboyeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶