JUMUP OVULLIK PILLAKOP PAISA ONAXON
Tumanimizning gözal göşalaridan bölmiş Jumur ovul mahallasida köplab jonkuyar, fidoyi, mehnatsevar insonlar istiqomat qilişadi. Ularning qilgan xayrli işlari, albatta, har bir insonni hayajonga solmasdan qöymaydi. Ayniqsa, yurtimizdagi karantin holati har bir soha vakilini öz sohasida fidoyilikka undaydi.
Sinovli kunlarni birgalikda yengib ötiş istagi Jumur ovulliklar uçun kundalik qoidaga aylangan. Boşqird millatiga mansub Qalandarova Paisa ona ana şunday fidoyilardan. U oilada oqila, mehribon ona böliş bilan bir qatorda fidokorona mehnatlari bilan köpçilik qalbidan joy olgan. Paisa ona Boşqirdiston Pespublikasidan mahallamizga kelin bölib tuşgan va şu yurtni Vatan deb bilib, xizmatiga şaylandi. 1969-yildan buyon avvalgi Krupskaya, hozirgi Zarbdor nomli MTP hududidagi fermer xöjaliklarida işlab, nafaqaga çiqdi. Har yili ipak qurti boqiş mavsumida 25-30 gramm ipak qurti parvarişlab, yurtimiz pillaçiligi rivojiga munosib xissa qöşib kelmoqda. Bugungi kunda ham nafaqada bölişiga qaramasdan ipak qurti boqişda davom etmoqda. Bu yil onaxon 19 gramm ipak qurti uruğini parvarişlamoqda.

Paisa ona oilasiga, el-yurtga mehribon. U Bobojon ota Qalandarov bilan yetti nafar farzandni ziyoli insonlar qilib tarbiyalab, xalqimiz xizmatiga yölladi. Har bir farzandi öz sohasining ustalaridir. Onaxonimiz bolalari, nevara-çevaralari davrasida xursand va baxtiyor hayot keçirmoqda.
Boşqird millatiga mansub xonadonda tuğilib, voyaga yetgan, Özbekistonning olis va sölim qişloği – Jumur ovulni öziga suyukli Vatan qilgan, el-yurtga, oilasiga fidoyi, mehnatkaş Paisa ona bilan biz haqli ravişda faxrlanamiz va halol mehnat bilan obod, fayzli xonadonidan aslo quvonç arimasligini tilab qolamiz.
Halima Utaganova, 48-maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶