QORAQALPOĞISTON RESPUBLIKASI MIGRATsIYa VA FUQAROLIKNI RASMIYLAŞTIRIŞ BOŞQARMASI BOŞLIĞI Ş.TÖRAYeV JUMUROVULLIK YoŞLAR BILAN UÇRAŞDI
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Özbekiston - 2030” strategiyasini “Yoşlar va biznesni qöllab-quvvatlaş yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisida”gi Farmoni 1-bandiga asosan 2024-yil 1-martdan boşlab alohida işlaş talab etiladigan, şuningdek, isteʼdodli va iqtidorli yoşlar Mahallalarda yoşlar bilan işlaş masalalarini muvofiqlaştiriş böyiça Respublika komissiyasi qarori bilan “Yoşlar balansi” asosida vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari, davlat iştirokidagi korxona va taşkilotlar hamda oliy taʼlim taşkilotlari rahbarlariga biriktirilişi belgilangan edi.
Dasturda belgilanganidek, mazkur rahbarlar har oyda kamida bir marotaba özlariga biriktirilgan hudud yoşlari bilan uçraşib, ularning muammolarini hal qiliş, bilim va salohiyatlarini yuzaga çiqariş, ularni talab yuqori bölgan kasb-hunarga öqitiş orqali bandligini taʼminlaş, hayotda öz örnini topişi, şuningdek, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirişga har tomonlama kömaklaşib borilişi taʼkidlangan bölib, joylarda bu borada davlat dasturi ijrosini taʼminlaşga qaratilgan işlar boşlab yuborildi.
Xususan, idora va taşkilotlar hamda vazirlikdar, hokimiyat organlari xodimlari özlari biriktirilgan hududlarda bölişib, yoşlar muammolarini joyiga çiqqan holda örganmoqdalar. Örganişlar natijasida aniqlangan muammolar yeçimi yuzasidan çora-tadbirlar rejalari işlab çiqilib, şu asosda tizimli işlar yölga qöyilmoqda. Unga köra, yoşlarning salohiyati, isteʼdodi va taşabbuslarini tölaqonli röyobga çiqariş maqsadida “Beş taşabbus olimpiadasi” doirasida xorijiy tillarni qunt bilan örganayotgan bilimdon yoşlar bellaşuvlari, kibersport musobaqalari va “Zakovat” intellektual öyinlarini taşkil etiş orqali salohiyatli, iqtidorli yoşlarni rağbatlantirişga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Joriy yilning 13-mart sanasida Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boşqarmasi boşliği Şavkat Törayev Amudaryo tumanida bölib, öziga biriktirilgan hudud yoşlari bilan uçraşdi. Jumurovul mahalla fuqarolar yiğini hududidagi 45-sonli umumtaʼlim maktabida bölib ötgan mazkur uçraşuv tadbirida Amudaryo tuman IIB huzuridagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimi boşliği Abdurahmon Umirov, hudud böyiça yoşlar yetakçisi Zafar Otaboyev va mahallaning iqtidorli yoşlari iştirok etişdi.
Oşkora va samimiy muloqot tarzida ötkazilgan uçraşuv tadbirida Şavkat Törayev mahalla yoşlarining yozma va oğzaki murojaatlarini hudud masʼullari bilan birgalikda örgandi. Örganişlar natijasida safarbarlik çaqiruv rezervi tarkibida harbiy xizmat burçini ötaş uçun ketayotgan yoşlarning şartnoma pullarini tölaş, OTMlarda taʼlim olayotgan yoşlarning öqişi uçun şartnoma mablağini tölab beriş, şuningdek, kasb-korli, mutaxassislik diplomiga ega yoşlarning iş bilan bandligini taʼminlaş böyiça yoşlarning murojaatlari alohida tizimga olinib, mutasaddi taşkilotlar rahbarlari bilan birgalikda hal etiş çoralari körildi.
Uçraşuv davomida yoşlar oilaviy tadbirkorlik doirasida davlatimiz tomonidan ajratilayotgan kredit mablağlari hisobidan öz loyihalarini amalga oşiriş borasida amaliy yordam körsatiş, olis qişloqlarda ham til örganiş markazlarini taşkil etiş yuzasidan özlarining fikrlari va takliflarini bayon qildilar. Şu bilan birga, yoşlar tadbirkorligini rivojlantiriş, şaxsiy biznes-loyihalarini işlab çiqiş böyiça özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Yoşlarning barça savollariga masʼullar batafsil javob berdilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶