MAʼNAVIYaT FIDOYISI
MAʼNAVIYaT FIDOYISI
yoki Şavkat Çorşamovning
muzeyi xususida
Tumanimizning
«Örta qalʼa» qişloğida Şavkat Çorşamov ismli ajoyib tabiatli inson yaşaydi. U
kişini yaxşi bilganlar: «Heç tinib-tinçimaydigan odam, mehnatkaş, ibratli oila
sohibi», - deya taʼriflaşadi. Bilmaganlar esa: «Öziga foydasi tegmaydigan
işlarga boşini qotirib yuradi, nafaqadagi öqituvçi, dam olib yotmaydimi uyida?» -
deb qöyaqolişadi.
Şavkat Çorşamovning özi tamoman boşqaça fikrda:
- Dam oliş – uydan çiqmay yotiş degani
emas, bunday xayolga borişning özi maʼnaviyatsizlik. Masalan men, bir kun mehnat qilmasam
ham zerikib qolaman, ham özimni yomon his qila
boşlayman. Demak, yoşi ulğaygan odam uçun mehnat – salomatlik tomon eltuvçi yöl,
qolaversa, mehnatga oşno böliş emas, mehnatdan uzoqlaşiş
– inson ruxiyatini yemiradi, - deydi Şavkat Çorşamov.
Şavkat Çorşamov ayni damda nafaqadagi
faxriy öqituvçi. U to nafaqaga çiqkunga qadar yoş avlodni Vatanga munosib farzandlar qilib tarbiyalaş, ularga
munosib bilim beriş bilan şuğullandi. 1973-yilda Nizomiy nomidagi Toşkent
Davlat pedagogika institutining geografiya-biologiya fakultetini muvaffaqiyatli
tugatgan Şavkat Çorşamov şu yiliyoq Manğit şahridagi 16-sonli maktabda öz
mutaxassisligi böyiça ilk iş faoliyatini boşladi. Öz sohasidan taşqari tarix,
arxeologiya va etnografiyaga qiziquvçi Şavkat Çorşamov maktabda Amudaryo tumani
tarixi, xalq maʼnaviyati va madaniyati haqida hikoya qiluvçi möʼjazgina muzey
taşkil etdi. Atrofiga intiluvçan va qiziquvçan şogirdlarini töplab, muzeyni tuman tarixiga oid turli xil eksponatlar
bilan boyitdi. Işdan böş vaqtlarini muzeyni jihozlaş, yiğilgan eksponatlarning
manba va manzillarini izlaş, aniq tarixiy dalillar bilan boyitiş işlari bilan
maşğul böldi. Uning bu işlarini kuzatgan taniş-bilişlari biri maʼqullasa, yana
birovlari: «Foydasi yöq işga boşingni oğritma», - qabilidagi gaplarni aytişdi.
- Axir hamma narsadan foyda izlayversak,
maʼnaviy hayotimiz ahvoli ne keçadi? – Şavkat Çorşamov kuyunçaklik bilan sözlaydi. – Kunlar, oylar, yillar
şundoğam tez ötib ketayotir. Hayotda ulgurganimizdan ulgurmagan işlarimiz köp. Qolaversa,
men muzeyni öz şaxsiy foydamni közlab taşkil etmaganman. Muzey xalqimiz turmuş
tarzining maʼnaviy qiyofasi. Unda tumanimizning keçagi va bugungi kuni, kelajagi
aks etib turadi. Qolaversa, muzey - tarixiy haqiqatlar oynasi. Bu – bizdan
keyingi avlodlar uçun suv bilan havoday zarur.
Şavkat Çorşamov 1992-yilda kasb taqozosiga
köra 12-sonli maktabga işga ötdi. 19 yillik mehnati evaziga bunyod bölgan
muzeydan köngil uzişi qiyin böldi. Qarasa, özidan keyin muzey işini yuritiş haqida
qayğuruvçi heç kim yöq. Öylab ötirmay muzeyni 12-sonli maktab binosiga köçirdi.
Maktab maʼmuriyati uning muzeyi uçun xona ajratib berişdi. Hamkasblari, umr yöldoşi
Zevarjon opa unga yaqindan yordam berişdi. Bir neça marta Qoraqalpoğiston
Respublikasi miqyosidagi körik-tanlovlarda iştirok etib, sovrinli örinlar sohibi
böldi. 2011-yilda esa Şavkat Çorşamov taşkil etgan muzey «Özligingdan örgilay
Vatan!» Respublika körik-tanlovida faxrli 2-örinni oldi hamda
tanlovning maxsus diplomi va sovğasi bilan taqdirlandi.
Kim uçundir böş vaqt – oromgohlarda dam
oliş, miriqib uxlaş, sayohat qiliş bölsa, kim uçundir kitob öqiş, sport bilan şuğullaniş
yoki ijod qiliş. Şavkat Çorşamovning hayotida
esa umuman böş vaqtning özi yöq. 5 nafar farzandi, 9 nafar nevarasini yoniga
olib tomorqada dehqonçilik, boğbonlik qiladi. Poliz va sabzavot mahsulotlarining
eng sarhili Şavkat Çorşamovning tomorqasida yetiladi.
Meva-çevaning serobligi esa oila iqtisodi uçun koni foyda. Barça yumuşlaridan
ortgan paytida u muzey tomon oşiqadi. Eng sokin, eng şirin lahzalar uning
nazarida şu yerda, muzeyda! Yaqin-atrofdagi
maktablarning öquvçilari, ovul yoşlari, hatto keksalari ham u taşkil etgan muzeyni tomoşa qilişdan aslo zerikişmaydi. Çunki tumanimizda
yagona bölgan Şavkat Çorşamovning uşbu muzeyini şunçaki tomoşa qiliş uçun emas,
balki bu yerdan nimanidir örganiş, zarur manbalarga ega böliş uçun kelişadi
odamlar.
Muzey eksponatlari bilan tanişarkanmiz, dilimizdan keçgan bir fikr beixtiyor tilimizga köçdi:
- Muzeyni Amudaryo tumanining muzeyi
sifatida şakllantirsa bölmasmikan. Salkam
40 yillik mehnatingiz mevasi bölmiş yiqqan manba, eksponatlaringizni tuman
muzeyi uçun berarmidingiz?
Şavkat Çorşamov xuddi hozir şu iş
amalga oşadiganday yaşnab ketdi.
- Jon-jon deb berardim! Axir bu mening 40 yillik orzuim-ku!
Kimdir
bu hayotning karvonida sarson kezib öziga yaşaş uçun oson yöl izlab-izlab
çarçaydi, umri poyoniga yetganini sezmay qoladi. Kimdir boylik, mansab gadosi
bölib vaqtning beşafqat ğildiragida çarxpalakday aylanaveradi, aylanaveradi.
Özidan biror bir ezgu iz qoldirmaganini
sezganda vaqt ğildiragi uni umrning sönggi lahzalari tomon eltib qöyganini his
etadi. Bu dam ham ayançli, ham juda keç. Şavkat Çorşamovga öxşaganlar esa
hayotining har bir damini maʼno, mazmun ila boyitib yaşaydilar. Umumning
manfaati, millat kelajagi uçun fidoyilik qiladilar. Bunday insonlarning izi,
ötgan umri hikmatlarga, yaxşiliklarga töla böladi.
Şavkat Çorşamov ana şunday insonlar
sirasiga kiradi. Biz uning 40 yillik mehnati evaziga bunyod bölgan muzeyning
albatta tuman markaziga köçirilib, Amudaryo tumanining butun qiyofasini özida jo
etgan maʼnaviyat maskani sifatida qayta şakllantirilişiga umid qilamiz.
Robiya
YÖLDOŞEVA,
Allambergan JUMANIYoZOV,
"Amunews”muxbirlari.
Suratlarda:
1. Şavkat Çorşamov muzeyga
keltirilgan yangi eksponatni közdan keçirmoqda. 2. Ş.Çorşamov qişloq yoşlarini
muzeyga qöyilgan qadimiy aşyolar bilan taniştirmoqda.
3. Muzeyga qöyilgan eksponatlarning bir qismi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶