INSON HAP QANDAY VIPUSDAN KUChLI
Mana ikki oydirki, mamlakatimiz ham koronavirus pandemiyasi tarqalishiga qarshi kurashib kelmoqda. Shifokorlarimiz janggohdagi askarlar misoli, koʻrinmas dushmanimizni yengmoq uchun tun-u kun mehnatdalar. Ommaviy axborot vositalarida tojdor virus haqidagi xabarlar keng yoritilyapti.
Shaxsan Prezidentimizning tashabbuslari - “Saxovat va koʻmak” aktsiyasi doirasida koʻplab xayrli ishlar amalga oshirilayotganligi yurtdoshlarimizni ruhlantirib, qalbida ertangi kunlariga ishonch uygʻotmoqda. Ayniqsa, qutlugʻ Pamazon oyida tadbirkorlarimiz tomonidan hadya qilingan ehsonlar ehtiyojmand oilalarning ogʻirini yengil qildi.
Pandemiya bilan kurashlarimizda IIB, Milliy gvardiya xodimlarining ham xizmatlari katta, albatta. Karantin tartiblarini nazorat qilish, qoidabuzarlarni aniqlash, qonunbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik ularning faoliyatida asosiy mezon vazifasini bajarayapti.
Oʻzbekiston xalqi bundan-da, ogʻir damlarni boshidan oʻtkazgan. Ishonaman, insoniyatning ayni paytdagi dushmani – pandemiyani ham yengib oʻtamiz. Buning uchun esa har birimiz kurashishda davom etamiz.
Muhammad Sodiqov, Oʻrta qalʼa ovuli.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶