25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 22:23
Jamiyat 👁 654

Karantin davridagi cheklov va kuchaytirilgan tartib-qoidalarni buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklarga chek qoʻyilmoqda

Karantin davridagi cheklov va kuchaytirilgan tartib-qoidalarni buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklarga chek qoʻyilmoqda

Butun dunyo boʻylab keng tarqalgan koronavirus pandemiyasi davrida bor kuch va imkoniyatlar ushbu infektsiyaga qarshi kurashish, insonlar salomatligini muhofaza qilish, hayotini asrashga qaratilmoqda. Tobora jiddiy tus olayotgan hozirgi vaziyatda dunyoda va mamlakatimizda koronavirus infektsiyasi keng tarqalishining olini olishga qaratilgan keskin choralar koʻrib borilmoqda.

Vaziyatning qanchalik jiddiy va tahlikali ekanini his qilmaslik, avvalo oʻzini, yaqinlarini, qolaversa, boshqalarning salomatligini xatarga qoʻyish ham bugungi qaltis kunda eng katta jinoyatdir. Shu bois yurtimizning barcha hududlaridagi kabi tumanimizda ham sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash, epidemiyaga qarshi kurashish va karantin qoidalariga rioya etilishi ustidan Ichki ishlar boʻlimi, Yoʻl-patrul xizmati, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar boʻlimi va Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi xodimlari tomonidan qatʼiy nazorat oʻrnatilgan.

Aytish joizki, karantin boshlanganidan buyon tumanimiz hududida oʻtkazilayotgan reydlar, nazorat tadbirlari davomida masʼullikni his qilmayotgan, belgilangan cheklovlarga eʼtiborsiz qarayotgan va maqsadsiz koʻchada yurgan fuqarolar uchrayotgani juda achinarli. Karantin qoidalarini buzib, oʻz yaqinlari hayotini xatarga qoʻyayotgan bunday shaxslarga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan belgilangan tartibda maʼmuriy choralar qoʻllanilmoqda.

Tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan karantin boshlanganidan buyon koʻchada tibbiy niqobsiz yurgan 96 nafar shaxsga eng kam ish haqining 1 baravari miqdorida jarima solindi. Belgilangan karantin qoidalariga amal qilmasdan yoʻlda oʻz avtomobilida maxsus ruxsatnomasiz harakatlanayotgan 33 nafar haydovchi aniqlandi. Ushbu haydovchilarga maʼmuriy jazo tayinlanib, avtomashinalari vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchalariga joylashtirildi. Koʻchada maqsadsiz velosipedda harakatlanib ketayotgan 202 nafar fuqaroning velosipedlari olib qoʻyildi. Shuningdek, yoʻllarda maqsadsiz yurgan 87 nafar fuqarolarga karantin qoidalari tushuntirildi.

7-aprel kuni  tumanimizda oʻtkazilgan reyd tadbirida ham oʻrnatilgan cheklov va kuchaytirilgan tartib-qoidalarni buzish bilan bogʻliq qator huquqbuzarlik holatlari aniqlandi. Reyd jarayonida 3 nafar fuqaro Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 131-moddasi talablarini buzib mast holda, 3 nafar fuqaro hujjatsiz, 1 nafar fuqaro Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 126-moddasi 1-qismiga zid ravishda avtomobil boshqarib kelayotgani maʼlum boʻldi. Shuningdek, nazorat davomida yoʻl harakati qoidalarining boshqa bandlarini buzgan koʻplab avtoransport haydovchilari va piyoda fuqarolar aniqlandi. Ushbu holatlar boʻyicha huquqbuzarlarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar tuzilib, rasmiylashtirildi.

Koʻrilayotgan choralardan koʻzlanayotgan asosiy maqsad fuqarolarimizni karantin davrida tartibga chaqirib, koronavirus kasalligi tarqalib ketishining oldini olishdir. Fuqarolarimizga imkon qadar uyda qolishlari kerakligi, koʻchalarda bemaqsad va niqobsiz yurishlari mumkin emasligi takror-takror tushuntirilsa-da, huquqbuzarlik holatlari hali-hamon sodir etilmoqda. Dunyo boʻylab karantin choralari tufayli koronavirusdan oʻlim darajasi kamaymoqda. Bu ofatga qarshi davo topilmayotgan hozirgi paytda infektsiya tarqalishining oldini olishda birdan-bir samarali vosita bu karantindir. Shu sababli yurtdoshlarimizdan karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilishlarini soʻrab qolamiz. 

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026