25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 01:02
Jamiyat 👁 589

PREZIDENT SAYLOVI KARANTIN QOIDALARIGA AMAL QILINGAN HOLDA OʻTKAZILADI

PREZIDENT SAYLOVI  KARANTIN QOIDALARIGA AMAL QILINGAN HOLDA OʻTKAZILADI

Joriy yilning 24-oktyabr kuni mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻlib oʻtadi.

Saylov – bu fuqarolarning Konstitutsiyada belgilangan asosiy huquqi hisoblanadi. Saylovda oʻn sakkiz yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etish huquqiga ega.

Saylovchilar bu boradagi huquqlarini amalga oshirish jarayonida Saylov Kodeksi va Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 25-avgust kungi Qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazishda koronavirus infektsiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olish boʻyicha Yoʻriqnoma”da belgilangan qoidalarga amal qilishlari kerak.

Ovoz berish 24-oktyabr kuni 8:00 dan 20:00 ga qadar oʻtkaziladi. Ovoz berish vaqti va oʻrni haqida uchastka saylov komissiyasi saylovchilarni saylovdan kamida oʻn kun oldin xabardor etadi. Saylovchilarni ovoz berish joyi va vaqti haqida xabardor qilish qoʻshimcha ravishda ommaviy axborot vositalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va targʻibot materiallari yordamida amalga oshirilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalarida tuzilgan saylov uchastkalarida ovoz berish saylov kuni ushbu saylov uchastkalari joylashgan yerdagi mahalliy vaqt bilan 8:00 dan 20:00 ga qadar amalga oshiriladi.

Saylovchi ovoz berish binosiga kelganida uning tana harorati oʻlchanadi va qoʻliga antiseptik suyuqligi sepiladi, himoya niqobi boʻlmagan saylovchiga niqob beriladi va binoga kiritiladi. Saylovchi oraliq masofani saqlagan holda oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjatining tegishli betini ochadi va uchastka saylov komissiyasini ushbu hujjat bilan kontaktsiz tanishishiga imkoniyat yaratib, saylovchilar roʻyxatiga imzo qoʻyadi. Shundan soʻng, unga saylov byulleteni beriladi.

Saylovchi tibbiy qoʻlqop kiygan holda roʻyxatga imzo qoʻyishi, saylov byulletenini olishi, ovoz berish kabinasi (xonasi)da saylov byulletenini toʻldirishi hamda kabinada bir daqiqadan ortiq boʻlmasligi tavsiya etiladi. Qandaydir sababga koʻra tizimga familiyasi kirmay qolgan saylovchilarning familiyalari – shaxsi, fuqaroligi va yashash joyini tasdiqlovchi hujjat asosida saylovchilar roʻyxati ilovasiga kiritiladi.

Saylovchi saylov byulletenini olgach, uni yashirin ovoz berish kabinasida toʻldiradi. Oldingi saylovlardan farqli turda joriy yilgi saylovda yashirin ovoz berish kabinalariga parda osilmaydi. Saylov byulletenini toʻldirish chogʻida ovoz beruvchi shaxsdan boshqa shaxslarning hozir boʻlishi taʼqiqlanadi.

Saylov byulletenini mustaqil ravishda toʻldirish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchi oʻz xohishiga koʻra yashirin ovoz berish kabinasiga yoki xonasiga boshqa shaxsni taklif qilishga haqli, bundan saylov komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslar, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari mustasno.

Saylovchi oʻzi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning fa-miliyasi roʻparasida, oʻng tomonda joylashgan boʻsh kvadratga «+» yoki «P» yoxud «x» belgisini qoʻyadi. Ovoz beruvchi toʻldirilgan saylov byulletenini saylov qutisiga tashlaydi. Buzib qoʻyilgan saylov byulleteni saylovchining iltimosiga koʻra yangisiga almashtirilishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, saylovchilar saylov byulletenidagi faqatgina bir nomzodga ovoz berishi kerak. Sababi ovoz berish vaqtida xato belgilangan saylov byulletenlari haqiqiy emas deb topiladi. Saylovchi saylovchilar roʻyxatiga imzo qoʻyishda, saylov byulletenini olishda, yashirin ovoz berish kabinasida saylov byulletenini toʻldirishda tibbiy qoʻlqopda boʻlishi, yashirin ovoz berish kabinasida bir daqiqadan ortiq boʻlmasligi tavsiya etiladi.

Saylovchilar va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining tana harorati 37 daraja va undan yuqori boʻlgan taqdirda ular ovoz berish xonasiga kiritilmaydi.

Bunda, tana harorati 37 daraja va undan yuqori boʻlgan saylovchilar uchun alohida ajratilgan joylarda ikki nafar uchastka saylov komissiyasi aʼzosi hozirligida koʻchma saylov qutilari va kabinalaridan foydalangan holda yashirin ovoz berish huquqi taʼminlanadi.

Koronavirus infektsiyasidan uy sharoitida davolanayotgan saylovchining yashash joyida ovoz berishi tashkil etiladi.

Saylov Kodeksiga koʻra, agarda saylovchi 2021-yil 24-oktyabr kuni oʻzi yashaydigan joyda boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan holda muddatidan oldin ovoz berishi, agarda sogʻligi holatiga yoki boshqa sabablarga koʻra ovoz berish binosiga kela olmasa, turgan joyida ovoz berish huquqiga ega.

 

Jamshid Bekimbetov, tuman Adliya boʻlimi bosh maslahatchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026