Ösimliklar karantini va himoyasi böyiça seminar bölib ötdi
Özbekiston Respublikasi Ösimliklar karantini ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo tumanining Çoyköl ovuli hududidagi boğ maydonida biologik usulning afzalligiga bağişlangan seminar bölib ötdi.
Tadbirga Ösimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti masʼullari, mazkur ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpoğiston Respublikasi filiali direktori Daryoboy Ubbiniyazov va filial xodimlari, tuman fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi mutasaddilari, paxta klasteri korxonasi boş agronomi, tuman agronom-inspektorlari, biolaboratoriya xodimlari va boğdorçilikga ixtisoslaşgan fermer xöjaliklari qatnaşdi.
Maʼlumki, qişloq xöjaligi ekinlari maydonlarini kengaytiriş va ularning hosildorligini oşiriş uçun karantindagi va boşqa iqtisodiy xavfi yuqori bölgan zararkunandalarga alohida eʼtibor qaratiş lozim. Bu borada feromonitoring usulining örni katta. Mazkur usul zararkunandaning tabiatda rivojlanişini aniqlaş natijasida unga qarşi biologik yoki kimyoviy usulni işlatişning ilmiy asoslangan muddatini belgilab berib, himoya samaradorligini oşiradi. Zararkunandalarning bor yoki yöqligini monitoring qiliş maqsadida feromon tutqiçlardan töğri foydalaniş, zararkunandalar mavjud bölgan taqdirda tezkorlik bilan ularga qarşi kuraş çoralarini işlab çiqiş usullarini töğri olib boriş haqida maʼlumotlar berildi.
Seminarda karantindagi va boşqa xavfli zararkunanda öçoqlarini yöq qiliş va ulardan holi bölgan hududlarni belgilaş, ular tarqalişining oldini oliş hamda ularga qarşi kuraşiş böyiça zarur tavsiyalar berildi. Tuman hududida katta iqtisodiy zarar keltirişi mumkin bölgan zararkunandalarning xavflilik tahlilini ötkaziş va ular kirib kelişining oldini olişga qaratilgan ilmiy asoslangan fitosanitar çoralar işlab çiqiş va ularni amaliyotga tadbiq etiş yuzasidan seminar iştirokçilariga maʼlumotlar berib ötildi.
Şuningdek, tadbir davomida tuman agronom-inspektorlari tomonidan ösimliklar karantini va himoyasi sohasida feromon tutqiçlardan keng foydalanişi böyiça feromonitoring yurilişi, şu bilan birga, zararkunandlarning qişloq xöjaligiga taʼsirini örganiş, ularni zararsizlantirişning zamonaviy usullarini işlab çiqiş va yangi turdagi çoralarni yaratiş muhokama qilindi.
Seminarda iştirokçilar yuqoridagi zararkunandalarga qarşi öz vaqtida kuraş olib borilmasa, ularning iqtisodiy zarari, tarqaliş xavfi va oqibatlari haqida tuşunçalarga ega bölişib, özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar olişdi.
Şahzod QURBONBOYeV, QDU talabasi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶