16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 03:58
Jamiyat 👁 294

INSONNING QANDAYLIGI EL BOShIGA TAShVISh TUShGANIDA BILINADI

INSONNING QANDAYLIGI EL BOShIGA TAShVISh TUShGANIDA BILINADI

Inson Alloh tomonidan shunday goʻzal xilqat qilib yaratilganki, uning taʼrifini keltirmoqqa til ojizlik qiladi. Insonning imkoniyatlari, aql-zakovati, mehr-shafoati va oqibati naqadar tahsinga munosib. Lekin bu fazilatlar hamma insonlarga ham xosmi? Gap mana shunda, azizlar.

Koronavirus pandemiyasi butun dunyoni qamrab ola boshlagach, uning sharpasi Oʻzbekistonimizga ham kirib keldi. Kimdir vahimaga tushdi, kimdir oʻziga, xalqiga gʻamxoʻrlik qilayotgan Prezidentimizga ishondi, imonda sobit boʻlib, shukrona qildi, kun-u tun Allohdan najot soʻradi. Lekin ayrim  toifa insonlar insof, imon, diyonatni unutib, biri olib sotarlik qilsa, yana biri firibgarlik yoʻliga oʻtdi. Shuni aytsalar kerak-da,el boshiga ish tushsa, elim, deganlar saylanadi, deb.

Haqiqatan ham elim, degan mardlar bugun maydonda. Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga ana shunday mard-u maydon saxovatpesha insonlar tomonidan bir kunda 5 mlrd. soʻm mablagʻ yigʻilganini eshitib, xalqimizning bu insoniy xislatidan koʻzlarimga yosh keldi.

18-martdan boshlab, barcha talaba-yoshlarga taʼtil berildi. OTMlar, maktablar, hatto masjidlar yopildi. Qachon yurtimizda oʻquv dargohlari yopilgan? Qachon masjidlar yopilgan? Bugun uyimiz – darsxona, uyimiz – masjid, onalarimiz, pir-u badavlatlarimiz joynamozga koʻzda yosh bilan bosh qoʻymoqdalar. Nima uchun? Allohdan elga, xalqqa najot soʻrab!

Qizlarim Toshkent shahrida, oliygohda oʻqishadi. Men ham ular uchun duoda boʻldim. Toshkentdan eson-omon bagʻrimizga qaytishini tiladim. Ming shukr, ular hozir oilam bagʻrida sogʻ-salomat. Lekin talabalarga taʼtil berilgan kunlari ularning Mangʻit shahriga qaytishlari qanchalik qiyin kechganini eslasam, yuragim ogʻriydi. Har kuni televizor orqali Xorazm va Qoraqalpogʻistondan tashqari barcha viloyatlardan Toshkentga kelib taʼlim olayotgan talabalarni yurtdosh-hamqishloqlari, hatto viloyatlar mutasaddilari tashabbus koʻrsatishib, uylariga bepul yetkazib qoʻyishdi. Qiyin vaziyatda buyam bir mardlik, jasorat. Lekin bizning mangʻitlik kirakashlardan biron bir insoflisi chiqib:

- Hay, birodarlar, kelinglar, yoʻl haqini koʻtarmaylik, avvalgiday 150 ming soʻmdan olaveraylik, - deyishmadi.

Aksincha, bir kunda 150 ming soʻmlik yoʻl haqini 450 ming soʻmga, keyinchalik 800 ming soʻmga koʻtarishdi. Ikki-uch emas, 5 baravardan ham oshirib yuborishdi “uchar” kirakashlar. Bunday holatni Mangʻit-Nukus, Mangʻit-Urganch yoʻnalishlarida ham kuzatdik. Ayrim talabalar bir qadam joydagi Nukus shahridan 50-60 ming soʻm bilan qaytishdi oʻsha kunlari. Sal insof ham kerak-da, kelib-kelib talabaning choʻntagiga koʻz tikasanmi, nomard, deging keladi.

Bu kunlar bir sinov, azizlar. Baʼzan oʻylab qolaman: pulni quvib kim oʻzini bozorga urdi, kecha-kunduz tinmay uzoq shaharlarga mol uchun qatnadi, oilani, bola-chaqasini yaqinlariga tashlab, faqat  pul topishning izmida boʻlgan insonlar son-sanoqsiz. Alloh sinov yuborib, odamlarni oilasi bagʻriga qaytardimikan?

Ancha yillar oldin 2-sinf oʻquvchilariga rus tilidan dars oʻtdim. “Moya semya” (“Mening oilam”) mavzusida bayon yozishni uyga vazifa qilib topshirdim. Shunda jajji bolajonlar oilasi haqida tanishtirish asnosida “dadam, onam  Qozogʻistonda yoki Rossiyada ishlashadi” deb yozishgandi. Ular buvi, bobo yoki amma-xolalarinikida qolishgandi. Bu juda achinardi holat. Bolalar mehrga zor oʻsishayotgandi. Oʻsha oʻquvchilarimning koʻpchiligi ota-onasiga mehrsiz ekanligini eslasam, Alloh biz kattalarni jazolayotgani yoʻqmikan, deb oʻylayman.

Bugun hammamiz uydamiz. Bir dasturxon atrofida, ota bolaning, bola ota-onasining  koʻziga, yuziga boqib, biri-birining mehr taftini his etib, sabr qilib kunlarni oʻtkazayapmiz. Insof bilan aytganda, Allohning imtihonidan oʻtayotirmiz. Bu sinovli kunlar hali ortda qoladi, yana bir-birimizga quchoq ochib bayramlar, toʻy-tomoshalarga jamlashib chiqamiz. Mamlakatimizning iqtisodiy barqarorligini taʼminlashga oʻz hissamizni qoʻshamiz.

Istagim shuki, ayni ogʻir vaziyatlarda bir-birimizga yelkadosh boʻlib, har qachongidan ham mehrliroq, imonli, diyonatli boʻlaylik. Hukumatimiz tomonidan qoʻyilayotgan taʼqiqlarga eʼtiborli boʻlib, karantin qoidalariga amal qilaylik, azizlar. Uyda qolib, biz uchun, aziz farzandlarimiz kelajagi uchun tun-u kun fidoyilik qilayotgan, ayni paytda ishda boʻlgan shifokorlar, baʼzi soha xodimlarini qoʻllab-quvvatlaylik!

Nasiba AHMEDOVA, 36-sonli maktab oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026