ÖYLAMAY QILINGAN IŞ – KELTIRDI TAŞVIŞ
Inson hayoti uçun xavfli bölgan qurollar köp. Hatto iş qurollarining ayrim turlari, agar egasi johillikka berilsa, öta xavfli qurolga aylanadi. Öq otar qurollari esa öz nomi bilan eng xavfli sovuq quroldir.
Bu haqda Xurram Boboyev (ism-şariflar özgartirildi) marhum otasidan juda köp marta eşitgan. Çunki tabiatan ovçilikka qiziquvçan otasi Yusufboy Boboyev (ism-şariflar özgartirildi) uyida ov miltiğini saqlar, uni ehtiyot çorasi sifatida bolalarining qöli yetmaydigan joyga osib qöyardi. Farzandlariga bu qurolga zinhor tegmaslikni tayinlardi.
Otasi olamdan ötgaç, Xurram bu sovuq qurolga qiziqib qoldi. Şayton izmiga kiribmi, har holda öziça bi-i-ir ov qiliş istagida, töğriroği, 2023-yilning 14-mart sanasida marhum otasi Yusuf Boboyevga tegişli bölgan “TOZ” rusumli, 1 stvolli, 16 kalibrli L-50496 raqamli ov miltiği va 1 dona 16 kalibrli patroni bilan yaqin yerdagi örmon xöjaligi hududida ov qilişga qaror qildi. Şu maqsadda yelkasiga miltiqni osib, örmon xöjaligi hududiga kirganida huquqni muhofaza qiliş organi xodimlari tomonidan qölga olindi.
Ötkazilgan sud-ballistik ekspertizasining 2023-yil, 18-martdagi 38-sonli xulosasiga köra, Xurram Boboyevning ov miltiği yaroqli ekanligi, qolaversa, marhum otasi Yusuf Boboyevga tegişli bölgan L-50496 raqamli mazkur ov miltiği 2023-yilning 12-mart sanasidan beri noqonuniy ravişda, yaşirin saqlab kelinayotgani aniqlandi va musodara etildi.
Mazkur iş böyiça töplangan aşyoviy dalillar, guvohlarning körsatmalari bilan töliq tasdiqlanib, jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudida körib çiqildi va Xurram Boboyev qilmişiga yaraşa tegişli jazoga hukm etildi.
Şuning uçun aytadilar-da, öylamay qilingan iş – keltirar taşviş, deb. Xurram Boboyev ham “bir marta ov qilib körsam-u xumorimni bossam”, deya öylamay taşlagan qadamining jabrini tortişga majbur böldi.
Asqar SAFAROV, Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudining raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶