Ayoqçi mahallasida taşkil qilingan yoşlar sanoat zonasida önlab yoşlarning bandligi taʼminlandi
Mamlakatimizda yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan. Bugun yurtimizda 22 milliondan ziyod yoşlar ulkan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuç sifatida jamiyat taraqqiyotida hal qiluvçi örin tutmoqda. Şu bois Prezidentimiz yaqinda yoşlar bilan uçraşuvida barça darajadagi rahbarlar yoşlarni til va kasb-hunarga örgatiş, sportga jalb etiş, ularning ğoya va startaplarini qöllab-quvvatlaş, işli va daromadli qiliş böyiça yanada faol işlaşi şartligini alohida taʼkidlab ötdilar. Har yili 600 ming nafar yoşlar mehnat bozoriga kirib kelayotgani, 2030-yilga borib bu körsatkiç 1 millionga yetişi kutilayotgani esa yoşlar bandligini taʼminlaş masalasini strategik ahamiyatga ega vazifaga aylantirmoqda.
Amudaryo tumanida ham tuman hokimligi va Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi tomonidan yoşlarning bandligini taʼminlaş, ularni tadbirkorlikka jalb qiliş va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada yoşlar sanoat zonalari muhim iqtisodiy maydonga aylanib ulgurdi, desak mubolağa bölmaydi.
Ayoqçi mahallasida taşkil qilingan ana şunday yoşlar sanoat zonasida önlab yoşlarning bandligi taʼminlangan. Mahallada istiqomat qiluvçi Zafar Madrimov ana şunday imkoniyatlardan samarali foydalangan yoş tadbirkorlardan. U yoşlar sanoat zonasidan har biri 10 sotix bölgan 3 ta yer maydoni olib, un tegirmoni faoliyatini yölga qöydi. Bundan taşqari, öz mablaği evaziga kuz-qiş mavsumida poliz ekinlari va mevalarni saqlaş uçun sendviç panelli zamonaviy sovutgiç qurdi. Bu taşabbus nafaqat yoş tadbirkorning daromadini oşirmoqda, balki hududda qişloq xöjaligi mahsulotlarini saqlaş infratuzilmasini yanada yaxşilaşga, bozorda narx barqarorligini taʼminlaşga ham hissa qöşmoqda.
Yoşlar bandligini taʼminlaşning ijtimoiy ahamiyati şundaki, işli va daromadli yoşlar oila farovonligini taʼminlaydi, oilada va jamiyatda ijtimoiy muammolar kamayadi, soğlom muhit şakllanadi. Iqtisodiy jihatdan esa yangi iş örinlari yaratilib, soliq tuşumlari mamlakat taraqqiyotini rağbatlantiradi.
Ayoqçi mahallasida istiqomat qiluvçi yana bir yoş tadbirkor Şohrux Örazmetov ham yoşlar sanoat zonasida hunarmandçilik faoliyatini yölga qöygan. U yoğoçni qayta işlaş va mebel işlab çiqariş bilan şuğullanib, nafaqat özining bandligini, balki 4 nafar tengdoşini ham iş bilan taʼminlagan. Yoşlar işlari agentligi va hokim yordamçisining kömagi bilan kredit olib, faoliyatini kengaytirayotgan tadbirkorning hali rejalari köp.
Yoğoçni qayta işlaş va mebel işlab çiqariş sohasi bugungi kunda iqtisodiyotning istiqbolli yönalişlaridan biri hisoblanadi. Quriliş va uy-joy bozorining kengayişi, aholi daromadlarining oşişi hamda zamonaviy intererga bölgan talabning yuqoriligi uşbu tarmoq rivojiga kuçli turtki bermoqda. Ayniqsa, mahalliy xom aşyodan samarali foydalaniş orqali import örnini bosuvçi va eksportbop mahsulotlar işlab çiqariş imkoniyati mavjud. Buni anglab yetgan yoş tadbirkor öz faoliyatini yanada kengaytirib, yangi va zamonaviy uskunalar olib kelişni maqsad qilgan.
Javlonbek Qodirov rahbarligidagi “LAWA ENERGY GROUP” masʼuliyati çeklangan jamiyati ham yoşlar sanoat zonasida samarali faoliyat yuritmoqda. Korxona aholi xonadonlari va ofislar uçun tejamkor isitiş tizimlari, jumladan isitiş qozonlarini işlab çiqarmoqda. Bu esa mahalliy işlab çiqarişni rivojlantiriş va import örnini bosişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Energiya resurslaridan oqilona foydalaniş, tabiiy gaz, kömir va elektr quvvati kabi resurslar sarfini kamaytiriş masalasi dolzarb bölib borayotgan şaroitda zamonaviy, yuqori samaradorlikka ega isitiş qozonlariga talab kun sayin ortib bormoqda. Ayniqsa, energiya tejovçi va avtomatlaştirilgan boşqaruv tizimiga ega qozonlar xonadonlar hamda ofis binolari uçun qulay va iqtisodiy yeçim hisoblanadi. Bu sohada mahalliy işlab çiqariş hajmini oşiriş esa import örnini bosiş, mahsulot tannarxini pasaytiriş va içki bozorni barqaror taʼminlaş imkonini beradi. Şuningdek, uşbu soha yangi iş örinlari yaratiş, muhandislik va texnik mutaxassislarni tayyorlaşga yöl oçadi.
Yoşlar sanoat zonalari — imtiyozli yer maydoni, kredit, infratuzilma va maslahat kömagi taqdim etuvçi samarali mexanizmdir. Bu maydonlarda yoşlar öz ğoyasini amalga oşiriş, tadbirkorlikni boşlaş va yangi iş örinlari yaratiş imkoniyatiga ega bölmoqda. Davlatimiz tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan yoşlar tadbirkorligi esa nafaqat iqtisodiyotni jonlantirib, innovatsiyalarni rağbatlantirmoqda, balki yoşlar bandligini taʼminlaş va ularni jamiyatning faol aʼzosiga aylantirişdek xayrli maqsadlarga ham xizmat qilmoqda.
Bu kabi imkoniyat va imtiyozlar yoşlarimizni tadbirkorlik sohasida iş boşlaşga, öz biznesini yölga qöyib, jamiyat, xalq va davlat işonçini oqlaşga undamoqda. Zero, öz ustida işlagan har bir yoş kelajakda nafaqat öz şaxsiyatini rivojlantiradi, balki oilasi hamda Vatan kelajagini yuksaltirişga ham har tomonlama hissa qöşadi. Intiliş, mehnat va davlat tomonidan yaratilayotgan şaroitlar uyğunligi esa muvaffaqiyat garovidir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶