16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 05:14
Jamiyat 👁 307

ONAJONLAP MEHPI VA QUYoSh TAFTI BILAN NUPAFShON BOʻLGAN DAVPALAP

ONAJONLAP MEHPI VA QUYoSh TAFTI BILAN NUPAFShON BOʻLGAN DAVPALAP

Inson uchun hayotda aziz va mehribon onadan ulugʻroq zot yoʻq. Shuning uchun qiynalgan paytimizda ham, quvongan damlarimizda ham eng avval onamizni yoʻqlaymiz, uning dardimizga darmon boʻlguvchi har bir soʻzidan, mehr-muhabbatidan jismimizga kuch yigʻiladi, gʻamlarimiz toʻkilib, dilimiz yayraydi. Quvonch-u shodligimiz esa onalarimizni baxtga burkaydi. Oʻzimizdan ham koʻra koʻproq onajonlarimiz quvonadi.

Qizilcholi mahallasi hududidagi 9-sonli umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan  “Siz quyoshsiz, Onajon!” deb nomlangan bayramona tadbirda haqiqatan ham mahallaning  pir-u badavlat onaxonlari  qalbi quvonch va shodlikka belandi. Buning boisi bor, albatta.

Avvalo, tadbirga tashrif buyurgan onaxonlar oʻzlariga koʻrsatilgan eʼtibor va eʼzozdan mamnun boʻlgan boʻlsalar, oʻgʻil-qizlari va nevaralarining qobiliyat va iqtidorlarini koʻrishib, qalblari faxr-u iftixor tuygʻulariga, quvonchga toʻldi.

Maktabning 2-“A”sinf rahbari Nazokatxon Ibragimovaning oʻz oʻquvchilari bilan birgalikda tayyorlagan “Siz quyoshsiz, Onajon!” nomli adabiy-musiqiy tadbirini maktab direktori Xayrulla Oʻtaganov ochdi. U mahallada istiqomat qiluvchi pir-u badavlat onaxonlar nomini alohida hurmat bilan tilga olib, barchalariga mustahkam sogʻlik, omonlik tiladi.

Shundan soʻng, oʻquvchilar buvijonlari va onajonlariga bagʻishlab, sheʼrlar aytishdi, aziz va muhtarama onaxonlarga gullar hadya etishdi.

Tadbirning ikkinchi qismida 2-“A”sinfning eng aʼlochi va faol oʻquvchi-qizlari oʻrtasida bilimdonlik, orastalik, kitobxonlik va epchillik bahslari oʻtkazildi.

Azal-azaldan oʻzbek oilalarida qiz bola tarbiyasida axloqiy jihatga alohida eʼtibor qaratib kelingan. Shu nuqtai nazardan bahslarda qizaloqlarning salomlashish odobiga ahamiyat qaratildi. Ishtirokchilar salomlashish odobining nozik jihatlari – salomni toʻliq berish, muomala madaniyati, salomlashish paytida oʻzini qanday tutishi zarurligini oʻz harakatlari orqali ifoda etishdi.

Ikkinchi shartda esa qizlarning til oʻrganish qobiliyatlari sinovdan oʻtkazildi. Ular oʻz oilalari haqida oʻzbek, qoraqalpoq, qozoq, rus va ingliz tillarida hikoya qilib berishdi. Uchinchi shartda 5 ta tashabbusning muhim yoʻnalishi – yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishlari, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalalariga eʼtibor qaratilib, tezkor savol-javoblar asosida oʻquvchilarning bilimdonliklari sinovdan oʻtkazildi. Bu shartda qizaloqlarning kitobxonlik darajasiga, shuningdek, umumtaʼlim fanlarining 2-sinflariga moʻljallangan dasturini qay darajada oʻzlashtirayotganliklari namoyish etildi.

Bahslarning toʻrtinchi, yaʼni oxirgi sharti yanada hayajonli daqiqalarga boy boʻldi. Erkin mavzu boʻyicha oʻz iqtidorlarini koʻrsatgan qizaloqlarning mahoratidan ularning ota-onalari, buvijonlari ham mamnun boʻlishdi. Bahslar yakunida ishtirokchilar “Eng zukko qiz”, “Eng chaqqon qiz”, “Eng bilimdon qiz”, “Eng orasta qiz” va “Eng oqila qiz” yoʻnalishlari boʻyicha taqdirlandilar. Ularga mahalla faoli, fermer Joʻrabek Gʻoyibov oʻz sovgʻalarini topshirdi.

“Siz quyoshsiz, Onajon!” tadbirida ota-onalar ham faol ishtirok etishdi. Qalblarga joʻshqinlik bagʻishlovchi “Lazgi”, “Surnay navosi” kuylari jaranglab, barcha shod-u xurram raqsga tushdilar.

Bayram tadbiri haqiqatan ham onajonlar mehri va shu kuni samoni, borliqni oʻz nurlari ila charogʻon etgan quyosh tafti bilan nurafshon, fayzli oʻtdi.

P.YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026