16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 08:19
Jamiyat 👁 367

DOʻSTLIK MAHALLASIDA SUMALAK SAYILLARI BOShLANDI, BU - NAVROʻZDAN DARAK

DOʻSTLIK MAHALLASIDA SUMALAK SAYILLARI BOShLANDI, BU - NAVROʻZDAN DARAK

Bahor faslining ajib tarovati, koʻngillarni yashnatib, qalblarga huzur-halovat baxsh etuvchi biri-biridan goʻzal bayramlari bor. Kuni-kecha 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan boshlangan shukuhli bayram tadbirlari bahorning xush taomi - sumalak sayillariga ulanib ketdi.

Darvoqe, sumalak! Bu taomning inson jismiga kuch-quvvat baxsh etuvchi xushboʻy taʼmidan ham muhimroq, azizroq jihati borki, bu – sumalakka shaylangan momolarimizning, yeng shimarib, tonggacha dahsar qozonlarga olov qalagan shijoatli yigitlarimizning, biri-biridan xushtabiat, pazanda kelin-u qizlarimizning ahil-u inoqligida, bir-biriga mehr-u oqibatida aks etgan va el-yurtni birlashtirguvchi qudratida namoyondir.

Uzun qish tunlarida bahorni orziqib kutgan momolarimiz allaqachon Navroʻz ayyomiga taraddudni boshlab yuborganlari-chi! Bugun tumanimizning qaysi goʻshasiga bormang, albatta, sumalak sayillariga oshno boʻlasiz. Qiz-u kelinchaklarni yonlariga olib, bobomeros qadriyatlarimizdan soʻz ochayotgan mana bu momolarimizning gʻayrat-u shijoatlariga tahsin aytmay ilojingiz yoʻq.

Mangʻit shahrining Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini raisi Elmiraxon Ismoilova mahallaning har bir koʻchasida doshqozonlar qurib, sumalak saylini obod qilayotgan mahalladoshlaridan mamnun. Mahallaning “Chamanzor” koʻchasi ahlini birlashtirib, sumalak uchun bugʻdoy undirgan Habibaxon momo Yoʻldoshevaning himmatidan qoʻni-qoʻshnilarning kayfiyatlari baland. Bir tekis unib chiqqan bugʻdoy maysalari katta-katta togʻoralarga solinib, Ozodboy ogʻa Yangiboyevning xonadonida doshqozon oʻrnatildi. Rafiqasi Dilfuzaxon aya Eshimbetova qoʻni-qoʻshnilari, dugonalari va Qurbonoy momo Kamolova, Tursunoy opa Bobojonova hamda Rozajon ayalarni, mahallaning pazanda kelinlarini sumalakka chorladi. Hamjihatlik, oʻzaro mehr-oqibat, dillardagi samimiyat choʻgʻi barchaning qalbiga iliqlik, xushnudlik baxsh etdi. Momolar boshlagan ishga kelin-u qizlar kamarbasta boʻldilar. Biri olib, biri qoʻyib, lapar-u aytishuvlarga joʻr boʻlgan kelinlarga yigitlar yaqin koʻmakdosh boʻlishdi. Bugʻdoy maysalarini kelida tuyish, suv yetkazib berish, oʻtin yorish yumushlari ham juda yengil koʻchganidan barcha mamnun, sumalak tayyorlashga kirishdilar. Biri-biridan chaqqon kelinlar Shirinoy, Sharofatxon, Malohatxon, Zaynabxon, Gulnozaxon hammadan asal tilli Sharofatxon, Dilbarxon-u mahallaning yana bir sharofatli kelini Sharofatxonlar barcha yumushni badastir ado etishdi.

Ozodboy ogʻa boshchiligidagi epchil va chaqqon yigitlar Bahrom, Mansur, Ixtiyor, Eldorbek va Kenjaboylar oʻtin yorish bahsida biri-biridan qolishmadilar.

Sumalak qaynab, rangi tiniqlashgan sari goʻyo koʻngillar ham tozardi, onaxonlar va kelin-u qizlar qalbida kuy-qoʻshiqqa moyillik uygʻondi. Buni qarangki, sozanda-yu goʻyanda ham oʻzlaridan chiqdi. Murodjon ogʻa Eshmonov rubob chaldi, nevarasi Valijon bobosiga joʻr boʻldi. Kuy-qoʻshiq sehriga hamohang qaynayotgan sumalak hidi olamga taraldi. Hamma xursand, hamma tungi bedorlikni, charchoqni unutdi. Doʻstlik mahallasi fuqarolar yigʻini raisi Elmiraxon Ismoilova mahalla ahlining mehr-oqibatidan mamnun boʻlib, keksa onaxon Qurbonoy momoning boshiga roʻmol tashladi. Momo esa qoʻllarini  duoga ochib, mahalla yoshlariga barkamollik, el-yurtga ogʻizbirchilik hamda omonlik, Vatanimizga tinchlik-osoyishtalik tiladi.

Mehr va samimiyat choʻgʻida ollanib pishgan sumalak dasturxonlarga tortilganida butun Doʻstlik mahallasiga sumalakning xushboʻy ifori taraldi.

Shu kuni mahallaning Nizomiy nomli koʻchasi aholisi ham Navroʻz bayrami arafasida tonggi dasturxonlariga qaynoqqina sumalak tortdilar. Mahallaning Doʻstlik koʻchasidagi yosh kelinlar va yigit-qizlar, nuroniy otaxon va onaxonlar boshchiligida doshqozon oʻrnatib, sumalak saylini boshlab yubordilar.

Bugun Doʻstlik mahallasining qay bir  koʻchasiga bormang, aholining birdamligiga, xursandlik bilan sumalak saylini boshlayotganiga guvoh boʻlasiz. Zero, amudaryoliklar qalbini bir maqsad yoʻlida birlashtirib, yangi dehqonchilik yili boshlanadigan qutlugʻ kun – Navroʻzi olam tantanalari, avvalo keksalar duosi bilan ana shunday samimiyat qulf urgan sumadak sayillaridan boshlanadi. Bu – kelayotgan yangi dehqonchilik yili – Navroʻzi olamning elga baxsh etguvchi barakasi, ulugʻ nasibasidan darak. Xushboʻy, shirin sumalaklar pishirgan momolarimizning duolari ijobat boʻlmogʻiga ishora.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026