16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:50
Jamiyat 👁 480

“HAMIShA QALBIMIZDA YaShAR NOMINGIZ” MAVZUSIDA XOTIRA TURNIRI OʻTKAZILDI

“HAMIShA QALBIMIZDA YaShAR NOMINGIZ” MAVZUSIDA XOTIRA TURNIRI OʻTKAZILDI

El-yurt farovonligi, yoshlar kelajagi uchun oʻz umrini bagʻishlagan fidoyi insonlar nomlari oʻzlari bu dunyodan oʻtganlaridan soʻng ham uni yaxshi bilgan insonlar qalbida abadiy yashayveradi. Bunday insonlar bilan bogʻliq xotiralar ham oʻz yaqinlari, doʻstlari, ayniqsa, shogirdlari uchun maʼnaviy ruh bagʻishlab, ularni ezgu ishlar sari ruhlantirib turadi. Alloh rahmat qilsin, Oʻrozboy Saʼdullayev ana shunday fidoyi insonlardan edi.

Oʻrozboy Saʼdullayev qisqa, lekin juda mazmunli umr kechirdi. U 1985-yildan 2018-yilgacha 39-sonli umumtaʼlim  maktabida oʻquvchilarga jismoniy tarbiya va chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash fanidan dars berdi. Oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida sportni ommalashtirish, ularning jismonan va maʼnan yetuk, vatanparvar insonlar boʻlib voyaga yetishlari uchun bor bilim va tajribasini ayamadi. Tuman va Respublika miqyosidagi sport musobaqalariga oʻquvchi-yoshlarni tayyorlash, oʻzi mehnat qilayotgan 39-sonli maktab jamoasi nomini tuman va respublika miqyosida tanitish maqsadida vaqtini ham, bilim va tajribasini ham ayamadi. U oʻzidan kichiklarga ham, kattalarga ham bir xil samimiy muomalada boʻldi. Oʻqituvchi etikasiga amal qilish Oʻrozboy Saʼdullayevga xos namunali fazilat edi. Shuning uchun ham uning  shogirdlari turli bayram sanalarida, hayitlarda “Ustoz” deya qabrini ziyorat qilishadi, haqqiga qurʼon tilovat bagʻishlaydilar.
Uning shogirdlari orasida Vatan himoyachilari, yoshlar ustozi, taniqli sport ustalari, muhimi, el-yurtga kamarbasta insonlar juda koʻp.

Oʻrozboy Saʼdullayevning tavallud sanasi munosabati bilan u hayotligida mehnat qilgan 39-sonli umumtaʼlim maktabida 9-10-11-sinflar oʻquvchilari ishtirokida “Hamisha qalbimizda yashar nomingiz” mavzusida xotira turniri oʻtkazildi. Xotira turnirida Oʻrozboy Saʼdullayevning hamkasblari, ustoz va shogirdlari u haqdagi shirin xotiralarni yodga  oldilar. Oʻrozboy Saʼdullayevning hayoti va faoliyati bilan bogʻliq ezgu ishlar haqida faxrlanib soʻzladilar.

Shundan soʻng, maktab maʼmuriyati va jismoniy tarbiya va chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash fani oʻqituvchilari tomonidan sportning yengil atletika  turi boʻyicha musobaqalar tashkil etildi.

Musobaqalar olis masofaga yugurish, arqon tortishish, granata uloqtirish shartlari boʻyicha oʻtkazildi. Nihoyatda hayajonli daqiqalarga boy oʻtgan musobaqada oʻquvchi-yoshlar quvonarli koʻrsatkichlarga erishdilar. Gʻolib oʻquvchilar maktab maʼmuriyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Shuni alohida qayd etish kerakki, mazkur xotira turniriga maktabni 2003-yilda tugatgan sobiq oʻquvchilar homiylik qilishdi. Oʻrozboy Saʼdullayevning sobiq oʻquvchilari oʻz ustozlari haqida faxrlanib soʻzladilar. Ustoz taʼlimi, tarbiyasi tufayli oʻzlari hayotda erishayotgan yutuqlari haqida oʻquvchi-yoshlarga hikoya qilib berdilar.

Ustozning yorqin xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilgan ushbu turnir uning yaqinlari, hamkasblari, shogirdlari va oʻquvchi-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Muhabbat JANDAULETOVA, 39-sonli maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026