Yigʻilishda davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi yangiliklar bilan tanishtirildi
7-fevral kuni tuman hokimligi binosida Davlat xizmatlari markazi xodimlari va vakolatli organlar bilan birgalikda 2019-yil davomida davlat xizmatlari koʻrsatishda yoʻl qoʻyilgan xato-kamchiliklar, kelgusida bunday kamchiliklarga yoʻl koʻymaslik, ularni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar belgilash maqsadida yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda Davlat xizmatlari markazi masʼul xodimlarining 2019-yilda DXMda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha axboroti tinglandi. Shuningdek, 2019-yilda davlat xizmatlari koʻrsatishda vakolatli organlar tomonidan muddat buzilish, asossiz rad etish kabi qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻyilganligi, kelgusida ularning oldini olish, bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik choralarni koʻrish haqida soʻz yuritildi.
Bundan tashqari, markaz xodimlari yigʻilish qatnashchilarini joriy yildagi davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi yangiliklar bilan tanishtirib oʻtdi.
Yigʻilishda markaz xodimlari hamda vakolatli davlat organlari tomonidan joriy yilda birgalikda davlat xizmatlari koʻrsatishda tezkor, sifatli va shaffoflikni taʼminlagan holda davlat xizmatlarini koʻrsatishni taʼminlash xususida kelishib olindi.
Muyassar Xalillayeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶