16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:23
Fan va taʼlim 👁 495

“SIZGA QANDAY YoRDAM BERA OLAMAN” DEB NOMLANGAN NOANʼANAVIY OChIQ DARS OʻTKAZILDI

“SIZGA QANDAY YoRDAM BERA OLAMAN” DEB NOMLANGAN NOANʼANAVIY OChIQ DARS OʻTKAZILDI

Mamlakatimizda yoshlarning chet tillarni oʻrganishiga taʼlimning barcha bosqichlarida ham ulkan eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada takomillashtirishga qaratilgan islohotlar olib borilmoqda.

Hozirgi kunda ingliz tili fani birinchi sinflardan boshlab ogʻzaki nutq va quvnoq oʻyinlar shaklida oʻrgatib kelinmoqda. Oʻquvchilar 2-sinfdan boshlab, asosan til grammatikasini oʻrganishga kirishadilar. Shunisi quvonchliki, oʻquvchilarda ingliz tiliga qiziqish juda kuchli va bu oʻz natijalarini berayotir.

16-sonli umumiy  oʻrta taʼlim maktabida ham ingliz tilini oʻrgatish yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Fan oʻqituvchilar yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda darslarni tashkil etib, mashgʻulotlar davomida oʻquvchilarning puxta oʻzlashtirishlarini taʼminlashga harakat qilishmoqda. Noanʼanaviy, yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars mashgʻulotlarini, turli tanlovlarni tashkil qilishib, oʻquvchilarning oʻz bilimlarini namoyish etishlariga imkoniyat yaratishmoqda.
Yaqinda maktabdagi ingliz tili fani boʻyicha tajribali oʻqituvchilardan biri boʻlgan Gulzira Yangiboyeva 4-sinf oʻquvchilarining savodxonligini aniqlaydigan  PIRLS xalqaro tadqiqotlar talablari boʻyicha noanʼanaviy ochiq dars tashkil etdi. “Sizga qanday yordam bera olaman” deb nomlangan ushbu qiziqarli mashgʻulotda oʻquvchilarning olgan bilimlarini hayotda qay darajada qoʻllay olish koʻnikmasi sinovdan oʻtkazildi.

Shunisi eʼtiborga sazovorki, oʻquvchilar mazkur darsga puxta tayyorgarliklar koʻrishgani ochiq darsda qatnashgan oʻqituvchilar va ota-onalarni quvontirdi. Oʻqituvchi ularni guruhlarga boʻlingan holda topshiriqlarni bajarishga jalb etdi. Mavzu yuzasidan har bir oʻquvchi oʻz fikrlarini dadil bildirib, oʻzlari ifodalagan gaplarni amalda koʻrsatib ham berdilar. Natijada guruhlar orasida doʻstona muhit yaratildi.

Ochiq dars noanʼanaviy boʻlganligi bois oʻquvchilar ulkan qiziqish va eʼtibor bilan mashgʻulotni davom ettirdilar, gʻoliblik uchun intilish ham gʻoyat samimiy edi. Ochiq dars mavzusi yuzasidan oʻquvchilar oʻzlari darslikdan tashqari sheʼrlarni ifodali aytishdi, ingliz tilida oʻqish va yozish koʻnikmalarini, ogʻzaki nutqini rivojlantirish maqsadida berilgan turli suratlarni  sharhlash topshirigʻi, ayniqsa, qiziqarli boʻldi.

Bu topshiriqni oʻquvchilar guruh boʻlib bajarganligi – ularda hamjihatlikda yutuqlar sari intilish hissini uygʻotdi. Dars soʻngida ochiq darsda oʻquvchilarning bilimi, tezkorligi, zukkoligi odilona baholandi. Oʻquvchilarga shu kungi yangi mavzu tushuntirib berildi va uyda bajarish uchun vazifalar topshirildi.
Noaʼnaviy ochiq dars oʻquvchilarning ingliz tilini oʻrganishga boʻlgan qiziqishlarini yana ham oshirdi.

Oygul Rajabova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026