“BIZLAR KIChIK ASKARLARMIZ!”
Tumanimizdagi 36-sonli umumtaʼlim maktabida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan adabiy-musiqiy tadbir ana shunday nomlandi.
Maktabning 2-sinf oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan adabiy-musiqiy tadbirni maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha maktab direktori oʻrinbosari Rasul Xolmurodov ochdi va jajji bolajonlarni Vatan himoyachilari kuni bilan qizgʻin tabrikladi.
Shundan soʻng 2-sinf oʻquvchilari “Biz kichik askarlarmiz!” deb nomlangan vatanparvarlikni tarannum etuvchi bayram dasturini namoyish etdilar. Harbiychasiga shaxdam qadam tashlash, marsh qoʻshiqlarini ijro etish qobiliyatlarini namoyish etishib, Ona Vatanni madh etuvchi sheʼrlar. harbiy vatanparlik tuygʻularini ifoda etuvchi maqollar aytishdi.
Tadbirda tumanimiz hududidagi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari tarkibida xizmat burchini oʻtayotgan harbiy xizmatchilar ham ishtirok etishdi. Harbiylardan S.Sultonov va F.Muhammadiyevlar qalblarida faxr-u iftixor bilan “Biz kichik askarlarmiz!” deb harbiychasiga qadam tashlab, Vatanga muhabbat tuygʻularini sheʼr va qoʻshiqlari oqrali ifoda etgan bolalarga mustaqil Oʻzbekistonning harbiy salohiyati, kuch-qudrati haqida gapirib berdilar, Vatanga xizmat qilish oliy burch ekanligini taʼkidladilar.
Boʻlib oʻtgan bayram tadbirida bolalar, yaʼni kichik askarlar harbiylar, bilan mashhur “Katyusha” qoʻshigʻini birgalikda ijro etdilar.
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶