SAYLOVLAPGA PUXTA TAYYoPGAPLIK KOʻPILDI
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazuvchi 1-Nukus va 4-Amudaryo okrug saylov komissiyalari qarorlariga asosan Amudaryo tumani hududida tuzilgan saylov uchastkalarida ayni kunda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Xalq deputatlari tuman Kengashiga oʻtkaziladigan saylovlarga tayyorgarlik jarayoni toʻliq yakuniga yetkazildi.
Tumanimizning Qilichboy ovulidagi 15-sonli maktab binosida joylashgan 95-saylov uchastkasida ham saylovoldi tayyorgarlik ishlari Oʻzbekiston Pespublikasining saylov Kodeksi talablari darajasida tashkil etildi.
Bu yerda uchastka saylov komissiyalari aʼzolari va komissiya raisi xonasi, saylovchilarning yashirin ovoz berishlari uchun ovoz berish xonalari ajratilib, jihozlandi, yetarli miqdorda kabinalar oʻrnatildi.
Bu yerda faoliyat koʻrsatayotgan uchastka saylov komissiyasi ham oʻz vakolati doirasida saylovoldi tayyorgarlik ishlarini toʻla-toʻkis yakuniga yetkazdi. Komissiya aʼzolari 1 ming 269 nafar saylovchilarning yashash joylarida boʻlib, saylovchilarning yagona elektron bazasidagi maʼlumotlarga aniqlik kiritdilar.
Shuningdek, barcha vakillik organlariga deputatlikka nomzodlarning tarjimai holi va dasturlari bilan aholining yaqindan tanishishlariga imkoniyatlar yaratib berildi.
Uchastka saylov komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va tuman Kengashi deputatligiga nomzodlarning saylovchilar bilan 4-marta uchrashuvlari oʻtkazildi. Joriy yilning 11-13-dekabr kunlarida saylov uchastkasida uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining oʻquv-seminari tashkil etildi.
Uchastka saylov komissiyasi chaqiruv qogʻozlari orqali aholini saylov kuni va ovoz berish joyi toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qildi. Ayni vaqtda komissiya aʼzolari 22-dekabr kuni boʻlib oʻtadigan muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonni qonun talablari asosida tashkil qilishning barcha choralarini koʻrdilar.
***
Tumanimizning Xolimbeg ovulidagi 17-sonli umumtaʼlim maktabida joylashgan 101-saylov uchastkasida ham barcha saylovoldi tayyorgarlik ishlari Oʻzbekiston Pespublikasining saylov Kodeksi asosida tashkil etildi.
Ayni kunda mazkur uchastkada rais, uning oʻrinbosari, kotib va 10 nafar aʼzodan iborat uchastka saylov komissiyasi faoliyat koʻrsatayapti.
Uchastka saylov komissiyasi joylashgan bino tegishli tarzda jihozlanib, binoga Oʻzbekiston Pespublikasi va Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Davlat bayroqlari, Davlat gerblari va saylov uchastkasining tartib raqami koʻrsatilgan peshlavhalar oʻrnatildi.
Uchastka saylov komissiyasi belgilangan muddat ichida saylovchilar roʻyxatini tuzib, uni saylovchilarning tanishib chiqishlari uchun qulay boʻlgan joyga ilib qoʻydi. Shuningdek, saylovoldi targʻiboti davrida saylov uchastkasida hamda uchastka hududidagi bir necha joylarga Oʻzbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga nomzodlarning tarjimai holi va saylovoldi dasturlari aks ettirilgan plakatlar oʻrnatildi. Shu orqali saylovchilarning deputatlikka nomzodlar haqidagi maʼlumotlar bilan tanishishiga imkoniyatlar yaratildi.
Saylovoldi targʻiboti davrida barcha vakillik organlariga siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka koʻrsatilgan nomzodlar bilan saylovchilarning 3-marta uchrashuvlari oʻtkazildi.
Joriy yilning 11-14-dekabr kunlari saylov uchastkasida uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining oʻquvi tashkil etilib, ularga saylov jarayonida amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha keng turda tushunchalar berildi.
Uchastka saylov komissiyasi ayni kungacha 2 ming 288 nafar saylovchiga chaqiruv qogʻozlarini tarqatib, ularni saylov kuni va saylov oʻtkaziladigan joy toʻgʻrisida barvaqt xabardor qilib qoʻydi.
***
Tumanimizning Doʻrman ovuli hududidagi 84-sonli maktabda joylashgan saylov uchastkasida faoliyat koʻrsatayotgan uchastka saylov komissiyasi aʼzolari ham saylovga tayyorgarlik ishlarini toʻliq yakuniga yetkazdilar.
Ayni kungacha saylov uchastkasida yashirin ovoz berish kabinalari, kuzatuvchilar uchun alohida joylar taxt qilib qoʻyildi. Saylovoldi targʻiboti davrida uchastkaga tashrif buyurgan kishilar saylovga doir plakatlar, deputatlikka nomzodlarning tarjimai holi va saylovoldi dasturlari, shuningdek, saylovchilar roʻyxati bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻldilar.
Shu kungacha saylov uchastkasida Oʻzbekiston Pespublikasi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va tuman Kengashi deputatligiga nomzodlar bilan saylovchilarning 7-marta uchrashuvlari tashkil etildi. 2-marta uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining oʻquvi tashkil etilib, saylov jarayonida bevosita ishtirok etuvchi masʼullar Oʻzbekiston Pespublikasining saylov Kodeksi bilan yaqindan tanishtirildi.
104-sonli saylov uchastkasida ovoz beruvchi 1 ming 564 nafar saylovchiga chaqiruv qogʻozlari topshirilib, ular saylov kuni va saylov oʻtkaziladigan joy haqida barvaqt xabardor qilindi.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶