BOLAJONLARNING TILINI VA DILINI ANGLAŞ TARBIYaÇI MAHORATIGA BOĞLIQ
Men har tong bolalarni xuşkayfiyat bilan kutib olişga harakat qilaman. Ikki kun katta, ikki kun kiçik va örta guruhlarda maşğulotlar olib boraman. Kiçik guruh bolalari köpinça injiqlik qilib, oyilaridan ajralişni istamay, yiğlab qoladilar. Şunday bolajonlarga şeʼr aytib bersam, tinçib qolişadi.
Yiğlamagin bolajon,
Burning oqadi.
Gar yiğlasang bolalar,
Senga boqadi.
“Uyat-uyat”, - deydilar
Senga kulişib,
Şöx-şodon bola bölgin
Öynagin jöşib.
Bu şeʼrni qöşiq qilib aytsam, har qanday yiğloqi bola ham yiğisini töxtatib, guruh öyiniga qöşilib ketadi. Bolajonlarga nonuşta va tuşlikdan keyin mazali taomlar uçun oşpazga rahmat aytişni örgatiş, ularning qalbida yaxşi işlardan minnatdorlik tuyğusini uyğotadi.
Rahmat Sizga, opajon,
Doim böling soğ-omon.
Mazza qilib yedik biz.
Endi yotib uxlaymiz, - deya rahmat aytadilar.
Bu ham bola qalbida insoniylik odobini şakllantiradi.
Beğubor bolalar davrasida mehnat qiliş, ularga taʼlim-tarbiya beriş, qalblarida vatanparvarlik tuyğularini uyğotiş maqsadida stsenariylar, hatto şeʼrlar yozaman. Bu menga ilhom bağişlaydi:
Atrofimda öynaşar,
Jajji, közi munçoqlar.
Dikir-dikir sakraşar,
Göyo çopqir toyçoqlar,
Bir kun ösib, albatta,
Elga sarbon böladi.
Özbekiston degan yurtga,
Ezgulik yoğiladi.
Agar tarbiyaçi bolajon, qalbi mehr-muhabbatga töla bölsa, bolajonlar unga hamişa talpinib turişadi. Tarbiyaçining har bir harakatiga hatto sözlaşlariga ham taqlid qilişadi. Demak, tarbiyaçi hamişa izlanişdan, öqib-örganişdan töxtamasligi kerak.
Bolajonlarning tilini va dilini anglaş esa tarbiyaçi mahoratiga boğliq. Mahoratli tarbiyaçi hamma narsaning uddasidan çiqadi.
Tursunoy ÖROZBOYeVA, 8-sonli MTM tarbiyaçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶