IZLANIŞ VA ÖRGANIŞ – KAMOLOTGA YeTAKLAYDI
16-sonli ixtisoslaşgan davlat umumtaʼlim maktabining rus tili fani öqituvçisi Nodirjon Tojimovni kasbdoşlari intiluvçan, yoş avlodga taʼlim-tarbiya berişda yangiliklardan, ilğor tajribalardan foydalanişga harakat qiladigan tinib-tinçimas pedagog sifatida eʼtirof etişadi.
Faoliyatini 2017-yilda rus tili öqituvçisi sifatida boşlagan Nodirjon dars ötiş jarayonlarida köproq yangi uslublardan foydalanişga harakat qildi. Ayniqsa, yoş öqituvçi faoliyatining ikkinçi yili quvonçli voqealarga boy yil böldi.
2018-yilning noyabr oyida Qoraqalpoğiston miqyosida fan oyligi doirasida rus tili fani öqituvçilari örtasida ötkazilgan tanlovda Nodirjonning “Rus tili va adabiyotini örganişda loyihaviy izlaniş faoliyati” mavzusida yozgan ilmiy maqolasi eng yaxşi ilmiy maqola deb topildi va unga Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq taʼlimi Vazirligining “Faxriy yorliği” berildi.
Şundan keyin Nodirjon Tojimov 2018-yilning dekabr oyida Rossiya Federatsiyasi tomonidan taşkil etilgan “Özbekistonda rus tili: yangi ufqlar” tanlovida ham faol iştirok etdi. U tanlovning 2019-yil aprel oyida ötkazilgan birinçi bosqiçida ğoliblikni qölga kiritib, diplom bilan taqdirlandi. Tanlovning iyun oyida ötkazilgan ikkinçi bosqiçida esa Nodirjon yana ğoliblikni qölga kiritib “Yilning eng yaxşi rus tili öqituvçisi” böldi. Şu tanlovning ikkinçi bosqiçida ham ğolib bölganligi sababli unga 15-20-iyul kunlari Moskva şahriga sayohatga boriş nasib qildi.
Nodirjon Tojimov öquvçilarni rus tiliga qiziqtirişda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturlardan, körgazmali qurollar hamda audio, video materiallardan keng foydalanmoqda.
Işçan pedagog 2019-2020 öquv yilidan öquv işlari böyiça direktor örinbosari lavozimiga tayinlangaç, uning iş kölami va taʼlim sifati va samaradorligini oşirişdagi masʼuliyati yanada oşdi.
Ayni kunda N.Tojimov maktabda muhtaram Prezidentimiz Ş.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta taşabbus doirasida bir qança işlarni amalga oşirişga harakat qilayapti. Jumladan, maktab öquvçilarini darsdan böş paytlarida maktab qoşida joylaşgan 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida turli yönalişlar böyiça taʼlim olişga jalb qilmoqda.
Maktabning özida stol tennisi, şaxmat, şaşka böyiça va kompyuter hamda internetdan foydalaniş savodxonligini oşiriş böyiça tögaraklar taşkil etildi. Şuningdek, maktabda yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş uçun kitobxonlikni keng tarğib qiliş maqsadida ham turli tanlovlar taşkil etilmoqda.
– Hozirgi zamon öqituvçisi öz faoliyatini eskiça, qotib qolgan uslubda emas, balki, yangi pedtexnologiyalarga suyangan holda taşkil etişi lozim, – deydi Nodirjon Tojimov. – Buning uçun esa tinmay izlaniş va ilğor tajribalarni örganiş kerak böladi. Bu – davr talabi.
Biz bir qança tanlovlar ğolibi, öquvçilarga dars ötişda zamonaviy uslublardan foydalaniş taşabuskori Nodirjon Tojimovni 1-oktyabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni bayrami bilan muborakbod etib, uning kelgusidagi işlarida zafarlar tilaymiz.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶