25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 15:51
Jamiyat 👁 729

Bozorning obodligi el obodligidan nishona

Bozorning obodligi el obodligidan nishona

Bozor xalq hayoti, turmush tarzining ajralmas bir qismi. Mamlakat iqtisodiy hayotida ham bozorlar faoliyati alohida oʻrin tutadi. Shuning uchun davlatimiz tomonidan bozorlarni rivojlantirishga,  u yerda qulay shart-sharoit yaratilishiga, mahalliy iqtisodiy sharoitda uning daromad manbaiga aylantirilishiga jiddiy eʼtibor qaratildi.

Mamlakatimizda mustaqillikka erishilganidan soʻng, izchil amalga oshirilgan islohotlar natijasida bozorlarimiz oʻzgacha qiyofa kasb etib, ularda aholiga xizmat koʻrsatish sifati yaxshilandi. Tadbirkorlar uchun ham, isteʼmolchilar uchun ham qulay shart-sharoitlar yaratildi. Ayniqsa, tadbirkorlarga savdo-sotiq faoliyatini yoʻlga qoʻyib olishlariga keng imkoniyat berildi.

Taʼkidlash joizki, keyingi yillarda tumanimizda ham aholiga xizmat koʻrsatilayotgan mavjud bozorlarimizni tartibga solishga harakat qilindi. Turli xil isteʼmol mollari, ehtiyoj uchun zarur narsalar savdosiga ixtisoslashtirilgan tumanimizdagi “Mangʻit savdo kompleksi” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli buyum bozorida ham sharoitlar yaxshilandi. Savdo majmuasi talab darajasidagi turgʻun savdo doʻkonlariga ega boʻldi, shoxobchalar tartibga keltirildi.

Tuman hokimining tegishli qarori asosida 2009-yilda “Mangʻit buyum va sanoat mollari bozori” sifatida tashkil etilgan bozor 2010-yilda “Mangʻit savdo kompleksi” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga aylantirildi. Shundan soʻng, “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori va “Oʻzbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish qoidalari toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida tizimli ishlar amalga oshirildi.

Bozor infratuzilmasini yaxshilash maqsadida elektr energiyasi taʼminotining sifati yaxshilandi. Kuzatuv kameralari oʻrnatilib, qoʻriqlash xizmati yoʻlga qoʻyildi. Bozor hududi obodonlashtirilib, chiqindilarning vaqtida olib ketilishi taʼminlandi. Yongʻin xavfining oldini olish maqsadida yongʻinga qarshi vositalar bilan jihozlangan maxsus shkaf oʻrnatildi va 50 metr kub hajmdagi suv saqlash hovuzi qurildi.

Savdo majmuasi joylashgan hudud 2,12 gektar yer maydoniga ega. Bozor hududida 270 ta turgʻun savdo shoxobchasi mavjud. Majmuada chinni buyumlar, maishiy texnika jihozlari, kiyim-kechak, oyoq kiyimlar, matolar, atir-upa va galanteriya mahsulotlari savdo qilinadigan doʻkonlar tartib bilan joylashtirilib, xaridorlarga qulaylik yaratildi. Hozirgi kunda 200dan ortiq tadbirkorlik subʼektlari tomonidan aholiga xizmat koʻrsatiladi. Undan tashqari hududda oshxonalar, tikuvchilik tsexlari ham faoliyat koʻrsatadi. Har bir savdo shoxobchasi nazorat mashinasi va toʻlov terminali bilan jihozlangan.  Majmua maʼmuriyati tomonidan tuman Davlat soliq inspektsiyasi, Ichki ishlar boʻlimi profilaktika inspektori hamkorligida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish boʻyicha reydlar tashkil qilib boriladi. Shuningdek, favqulodda hodisalardan ogoh boʻlishlarini taʼminlash va tozalikka muntazam amal qilinishini yoʻlga qoʻyish maqsadida Yongʻin xavfsizligi boʻlimi, Sanitariya epidemiologiya nazorat markazi xodimlari ishtirokida ham tashviqot tadbirlari oʻtkazilib turiladi. Shuningdek, xaridorga kassa cheki berish, hisob-kitobni plastik kartochkalar vositasida olib borish, ijara munosabatlari kabi masalalar ham muntazam nazorat ostida.

Bir soʻz bilan aytilganda, turli koʻrinishdagi qonunbuzilishlarning oldini olish va barham berishga, savdo va xizmat koʻrsatish madaniyatining yuksalishiga, isteʼmolchi haq-huquqlari himoyasi amaliyotiga munosib ulush qoʻshib borishga ham harakat qilinmoqda.

Savdo majmuasida yaratilgan sharoit va qulayliklardan tadbirkorlar ham, isteʼmolchilar ham nihoyatda mamnun. Koʻrsatilayotgan xizmatlar koʻngildagidek boʻlganligi sababli tadbirkorlar shartnomada belgilangan toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirishga intilishadi.  “Mangʻit savdo kompleksi” masʼuliyati cheklangan jamiyati zimmasidagi daromad rejasi doim ortigʻi bilan bajarilib kelindi. Mazkur yilning 6 oyligi yakuni uchun belgilangan 218 mln. soʻmdan ortiq boʻlgan rejani 218 mln. 117, 4 ming soʻmga ortigʻi bilan, yaʼni 100,5 foizga uddalandi. Mahalliy byudjet uchun belgilangan112 mln. 639 ming soʻm reja esa 112 mln. 900 ming soʻmga, yaʼni 100, 2 foizga oshirib bajarildi.

Oʻtgan davrlar mobaynida daromadlar hisobidan kirish va ichki hududdagi yoʻlakchalar yoʻlak toshlari yotqizilib tekislandi. Yogʻingarchilik paytida koʻlmaklar paydo boʻlishining oldini olish maqsadida talab darajasidagi kanalizatsiya tarmoqlari qurildi.  Chiqindilar uchun alohida maydoncha ajratilib, yoʻlakchalarga 30 tadan ziyod maxsus idishlar qoʻyildi. Bozorning tashqi tomonidagi yoʻllar ham taʼmirlanib, tosh yotqizildi va tungi chiroqlar oʻrnatildi. Tuman hokimining qarori asosida savdo majmuasi tasarrufidagi 300 metr kv. yer maydonida avtomobillar uchun maxsus toʻxtash joyi tashkil etildi hamda pulli xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyilib, nazorat kassa mashinasi, toʻlov terminali bilan jihozlandi.

Savdo majmualari, bozorlar aholi turmush farovonligini aks ettiruvchi oʻziga xos ijtimoiy-iqtisodiy markaz hisoblanadi. Bozorning obodligi, toʻkin-sochinligi elning obodligidan, toʻqligidan nishona. Yurt koʻrki boʻlgan bozorlarimizda xizmat koʻrsatish sifatining yaxshilanishi daromad va tushumlar koʻpayishiga,  iqtisodiyot yanada oʻsishiga olib keladi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026