25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 15:52
Jamiyat 👁 742

Tumanda ijtimoiy himoyaga muhtoj 7 ta oila Kasaba uyushmalari Federatsiyasi koʻmagida uy-joyga ega boʻldi

Tumanda ijtimoiy himoyaga muhtoj 7 ta oila Kasaba uyushmalari Federatsiyasi koʻmagida uy-joyga ega boʻldi

Mehr-oqibat xalqimizga xos ezgu fazilat. Ayniqsa, oʻzgalar koʻmagiga zarurati bor insonlardan el-yurt aslo mehrini darigʻ tutmaydi. Imkon boricha yordam qoʻlini choʻzib, qoʻllab-quvvatlashga harakat qiladi.  

Bunday ezgu amallar insonlar oʻrtasida mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi qadim qadriyatlar sifatida davom etib kelmoqda. Mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash hamda jamiyatda insonlarni oʻzaro hamjihatlik, mehr-oqibat, bagʻrikenglik va xayr-saxovatga undash borasida amalga oshirilayotgan xayrli ishlarda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining ham faol ishtiroki taʼminlanmoqda.

Prezidentimizning 2017-yildagi "Aholining kam taʼminlangan qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 3268-sonli Qarori ijrosi yuzasidan respublikamizning barcha hududlari, tumanlarida  kam taʼminlangan oilalarning ijtimoiy-maishiy ahvoli oʻrganildi hamda uy-joyga muhtoj oilalar aniqlandi. Mazkur toifadagi oilalar roʻyxati mahalliy hokimliklar, Qoraqalpogʻiston  Respublikasi Joʻqorgʻi Kengashi tomonidan tasdiqlandi va 2017-2018-yillarda aholining kam taʼminlangan toifalariga begʻaraz yordam koʻrsatish boʻyicha hududiy manzilli dastur ishlab chiqildi.

Tuman hududida ham dasturga koʻra aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining yashash, maishiy sharoitlari hamda boquvchisini yoʻqotgan, nogironligi boʻlgan shaxslar va ularni parvarishlayotgan ehtiyojmand oilalarning ahvoli mahallalar kesimida uyma-uy yurilib, oʻrganib chiqildi. Shu asosda oʻtgan yillar davomida kam taʼminlangan 35 ta oilaning uylarini taʼmirlashga koʻmaklashildi, muhtojligi boʻlgan 111 ta oila esa maishiy texnika buyumlari bilan taʼminlandi. Tibbiy yordam zarur boʻlgan 6 nafar ehtiyojmandga 4 mln. soʻmlik dori-darmonlar olishiga yordamlashildi.

Mazkur yilda esa dasturga muvofiq, tumanda oʻrganishlar natijasida aniqlangan kam taʼminlangan, nogironligi boʻlgan va muhtoj oilalarni uy-joy bilan taʼminlash ishlari rejalashtirilgan edi. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ajratilgan 609,9 mln. mablagʻ evaziga ana shunday 7 ta oila uy-joy bilan taʼminlandi.  

 Nogironligi sababdan uy qurishga imkoni boʻlmayotgan Doʻrman ovulida yashovchi 2-guruh nogironi Rajabboy Abdullayevga Boʻzsolma mahallasidan uy sotib olib berildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan Boʻston mahallasida yashovchi Mehribon Begmonova Oybek nomli mahalladan hamda  Navoiy nomli mahallada yashovchi Olimboy Sobirov Yangiobod mahallasidan sotib olingan uylarga oʻz oilalari bilan koʻchib oʻtishdi.

Oʻz uyi boʻlmaganligidan Gulzor mahallasida ijarada yashab kelgan Zaynab Jumatova Beruniy nomli mahalladan, Doʻstlik mahallasida ijarada yashab kelgan  Umida Matniyozova “Qilichboy” koʻchasidan, Farovon mahallasida ijarada yashab kelgan Xurshida Xudoyberganova “Qilichboy” koʻchasidan,  Boyovul mahallasida ijarada yashab kelgan Qanigul Begmonova esa “Jumurtau” koʻchasidan sotib olingan uy-joylarga ega boʻlishdi.  

  Hozirgi kunda barcha oilalar yangi sotib olib berilgan uylarda yashashmoqda. Oʻzlariga koʻrsatilgan bunday gʻamxoʻrliklardan cheksiz mamnun boʻlib, yangidan hayot boshlashdi.

Prezidentimiz tashabbuslari bilan mamlakat miqyosida aholining  ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga qaratilayotgan yuksak eʼtibordan chekka hududlarda istiqomat qilayotgan oilalar bahramand boʻlmoqdalar. Tumandagi Kasaba uyushmalari ham mazkur jarayonda faol ishtirok etmoqda va berilayotgan amaliy yordamlarning qishloq va ovullardagi ehtiyojmand oilalarga manzilli yetkazilishini taʼminlamoqda. Davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek, bu aholi qatlamining ertaga emas, bugun yaxshi yashashni taʼminlash, ijtimoiy-maishiy turmush sharoitlari sifatini oshirish borasida arzirli ishlar amalga oshirmoqda.

Alohida taʼkidlash zarurki, aholi oʻrtasida kam taʼminlanganlik darajasini kamaytirish, xalqimiz turmushi farovonligini oshirish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan bunday ezgu ishlardan tumanimizning chekka hududlarida yashayotgan ijtimoiy koʻmakka muhtoj insonlarning koʻngillari togʻdek koʻtarilmoqda va davlatimiz eʼtiborida ekanligini chuqur his etishmoqda.

U.Abdurahmonov,
Taʼlim, fan va madaniyat xodimlari  
kasaba  uyushmasi tuman Kengashi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026